Jamiyat

Magistraturaga qoʻshimcha qabulga ruxsat berildi

© Sputnik / Sergey Pyatakov / Fotobankka oʻtishRabota priyemnoy komissii MFTI
Rabota priyemnoy komissii MFTI - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.11.2021
Kerakli ballni toʻplagan abituriyentlar toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilinishi mumkin.
TOSHKENT, 8 noya – Sputnik. Oʻzbekiston oliygohlarining magistratura mutaxassisliklariga qoʻshimcha qabul uchun ruxsat berildi. Bu haqda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Davlat OTMga 2021/2022-oʻquv yili magistratura mutaxassisliklari boʻyicha kirish imtihonlarida ishtirok etib, mutaxassislik fanidan belgilangan maksimal ballning 40 foizi va undan yuqori ball toʻplagan abituriyentlarni qoʻshimcha qabul qilishga ruxsat berildi.
Ular tegishli oliygoh tomonidan belgilangan toʻlov-kontrakt asosida ballar ketma-ketligiga qatʼiy amal qilgan holda qabul qilinadi.
Magistraturaga kirish imtihonlarida ishtirok etib, yuqoridagi talabni bajargan talabgorlar tegishli OTM qabul komissiyasiga 2021 yil 9 noyabrdan murojaat qilishlari mumkin.
Abituriyent podayet dokumentы v NIYAU MIFI - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.11.2021
Jamiyat
Iqtisodiyot tarmoqlarida ishlayotganlarni suhbat asosida oʻqishga qabul qilish tartibi qanday
Toʻlov shartnoma miqdorining kamida 50 foizini bajarishning oxirgi muddati 2021 yil 20 noyabr.
Prezidentning tegishli qaroriga koʻra, magistratura mutaxassisliklariga qoʻshimcha qabul toʻlov-kontrakt miqdori bir talabaning oʻqishi uchun sarflanadigan xarajat miqdoridan kelib chiqqan holda OTM tomonidan belgilanadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala