Jamiyat

Meksikalik qilichboz Paola Pliyego Mirziyoyev rasmi tushirilgan futbolkada koʻrinish berdi

© Instagram/paolapliegoSportsmenka meksikanskogo proisxojdeniya, vыstupayuщaya za sbornuyu Uzbekistana Paola Pliyego priyexala v Buxaru
Sportsmenka meksikanskogo proisxojdeniya, vыstupayuщaya za sbornuyu Uzbekistana Paola Pliyego priyexala v Buxaru - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.11.2021
Meksikalik Paola Pliyego Mirziyoyev rasmi tushirilgan futbolkada koʻrinish berdi.
TOSHKENT, 8 noya — Sputnik. 2019 yilda Oʻzbekiston fuqaroligini qabul qilib, mamlakat terma jamoasi safida musobalarda ishtirok etayotgan meksikalik qilichboz Paola Pliyego respublika qilichbozlik federatsiyasi tomonidan tashkil etilgan fleshmobda ishtirok etdi.
Sportchilar, jumladan Paola Pliyego Shavkat Mirziyoyev rasmi tushirilgan futbolkalarda suratga tushishdi.
Federatsiyaning Instagram-profilida, shuningdek, sportchilar sahifalarida #bizningprezidentimiz va #insonqadriuchun xeshteglar ostida suratlar paydo boʻldi.
Paola Pliyego 1994 yilda Meksikada tugʻilgan, qilichbozlik boʻyicha Panamerika chempionatining bronza medali sovrindori, 2016 yilda esa Olimpiya oʻyinlaridagi doping mojarosi tufayli musobaqada qatnasha olmagan.
U 2019 yilda bu sport turi boʻyicha Oʻzbekiston nomidagi jahon chempionatida ilk marotaba ishtirok etdi va individual saralash bosqichidan oʻta olmadi, 1/64 finalda meksikalik Natalya Botelloga 14:15 hisobda yutqazdi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala