Jamiyat

Oʻzbekistondagi chang boʻroni kosmosdan qanday koʻrindi

© AFP / HOPыlnaya burya, illyustrativnoye foto
Pыlnaya burya, illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.11.2021
Sinoptiklar Oʻzbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlarini qoplagan chang boʻroni aks etgan suratni taqdim etdi.
TOSHKENT, 8 noya — Sputnik. Sinoptiklar Oʻzbekiston va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlarini qoplagan chang boʻronining sunʼiy yoʻldoshdan olingan suratni eʼlon qildi.
© UzgidrometPыlnaya burya v Uzbekistane, snimok so sputnika
Pыlnaya burya v Uzbekistane, snimok so sputnika - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.11.2021
Pыlnaya burya v Uzbekistane, snimok so sputnika
Toshkent, Sirdaryo, qisman Jizzax va Fargʻona viloyatlarini changli boʻron qopladi.
Qozogʻistonning janubiy viloyatlari va Tojikistonning qator viloyatlarida ham chang va qum boʻronlari qayd etildi.
"Chang-gʻubor hodisasi bilan bogʻliq xiralik Qozogʻistonning janubiy viloyatlari, Tojikistonning qoʻshni Soʻgʻd, Toshkent, Sirdaryo, qisman Jizzax hamda Fargʻona vodiy viloyatlari atmosferasini bulut misol qoplab olganini koʻrish mumkin.

Surxondaryo viloyati osmonida ham biroz xiralik mavjud ekanligi tasvirdan ayon.", - deyilgan “Oʻzgidromet” xabarida.
Jamiyat
Chimkentda ham chang boʻroni kuzatildi - video
Taʼkidlanishicha, soʻnggi 150 yil ichida Oʻzbekistonda bunday chang-gʻubor hodisasi kuzatilmagan.
Hozirda havoning ifloslanish darajasi meʼyordan 3,3 baravarga oshib ketgan. Birinchi kunlarda havodagi chang va qum kontsentratsiyasi meʼyordan 30 baravar oshdi.
Bir qator viloyatlarda avtomobil yoʻllarida koʻrish 500-1000 metrgacha, Toshkent shahrida esa 200 metrgacha pasaydi.
4 noyabr kuni Toshkentda chang miqdori ruxsat etilgan meʼyordan 5 barobarga, keyinroq mahalliy vaqt bilan soat 21:00 va 23:00 orasida 30 barobargacha koʻtarilgani qayd etildi va poytaxt havoning ifloslanish darajasi boʻyicha dunyoda birinchi oʻringa chiqdi. 6 noyabr kunduzi havoning isishi atmosferada chang tarkibi sezilarsiz kamayishiga olib keldi, ammo changli gʻubor butunlay tarqalmadi.
Chang-boʻron tufayli tez yordamga chaqiriqlar soni oshdi. 5-6 noyabr soat 06:00 ga qadar umumiy chaqiriqlar soni 4,1 mingga yetib, nafas olish bilan bogʻliq murojatlar soni 709 tani (jami chaqiriqlarning 17,2 foizi) tashkil qildi. Shundan allergik reaktsiyalar bilan 36 ta, bronxial astma huruji bilan 122 ta murojaat boʻlib, ularning 11 tasi gospitalizatsiya qilindi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala