Jamiyat

Pandemiya taʼsiri: oʻzbekistonlik dasturchilar Rossiyada koʻproq ish izlashni boshlashdi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Fotobankka oʻtishXaker rabotayet za kompyuterom
Xaker rabotayet za kompyuterom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.11.2021
Eksklyuziv
Rossiyadagi oʻzbekistonlik abituriyentlar va daʼvogarlar orasida axborot texnologiyalari sohasiga qiziqish keskin oshdi.
TOSHKENT, 8 noya – Sputnik. Joriy yilda oʻzbekistonlik IT-mutaxassislardan Rossiyada ishlash uchun soʻrov 62 foizga oʻsdi. Bu statistikani “Kommersant” gazetasi “Xabr Karyeri” mutaxassisliklariga tayangan holda keltirmoqda.
Kadrlar agentligi xodimlarining fikriga koʻra, Rossiyaning axborot texnologiyalari sohasiga boʻlgan qiziqish maosh oshirilishi va kadr yetishmasligi sabab yuzaga kelgan.
Shu bilan birgalikda, Rossotrudnichestvo maʼlumotlariga qaraganda, oʻzbekistonlik abituriyentlar oʻtgan yili Rossiya oliygohlarida taʼlim olish uchun ariza joʻnatayotib, koʻpincha “informatika” yoʻnalishini tanlashgan. Hisoblash texnikasi bilan bogʻliq mutaxassisliklar oʻzbekistonlik abituriyentlar oʻrtasida ommaboplik boʻyicha ikkinchi oʻrinda boʻlgan.
Posetiteli mejdunarodnoy yarmarki igr v Kelne, Germaniya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.09.2021
Jamiyat
Oʻzbekiston regionlarida IT-texnikumlar faoliyati yoʻlga qoʻyiladi
Texnik mutaxassisliklarga boʻlgan qiziqishning sababi nimada va uning koronavirus pandemiyasi bilan qanday bogʻliqligi bor? Bu savollarga Lomonosov nomida Moskva davlat universiteti (MGU) iqtisodiyot fakultetining mehnat va xodimlar iqtisodiyoti kafedrasi ilmiy rahbari Riorita Kolosova Sputnik muxbiri bilan suhbatda javob berdi.
Ekspertning fikricha, taʼlimda yuridik va iqtisod mutaxassisliklari modada boʻlgan davr boʻlgan, ammo moda bozor boyishi bilan eskirgan.
“Raqamlashtirish bu mutaxassisliklarga boʻlgan talabni kamaytirdi, texnologiyalar bilan bogʻliq boshqa mutaxassislarga talab ortdi. Koronavirus, albatta, raqamlashtirish tomon siljitdi, ragʻbatlantiruvchi omil sifatida ish berdi, biroq jarayonning oʻzi pandemiyaga qadar boshlangandi”, - deydi Riorita Kolosova.
Aslida yoshlar orasidagi IT-mutaxassisliklariga boʻlgan yuqori qiziqishni 3-4 yil ilgari qayd etish mumkin edi, pandemiya boshlanishiga qadar, deya aniqlik kiritadi ekspert. Hozir esa IT sohasida taʼlim olganlar ish izlashmoqda. Rossiyaga oʻzbekistonlik bitiruvchilar va dasturchilar turli sabablarga koʻra intilishmoqda.
“Men oʻylaymanki, bu koʻp omilli holat. Oʻzbekiston jadal rivojlanmoqda. U yerda ham raqamlashtirish sari kuchli qadamlar tashlanmoqda. Ammo har bir mamlakatda sanoq boshi turlicha, Oʻzbekiston bu jarayonni kechroq boshladi, shu bois, ehtimol, bu sohada ishchilar oʻrni unchalik koʻp emas”, - deb hisoblaydi ekspert.
Oʻzbekistonda IT sohasi jadal rivojlanmoqda. Mamlakatda bilimlarni rivojlantirish markazi tashkil etilgan. Uning maqsadi 5 yil ichida axborot texnologiyalari sohasida 100 ming nafar yosh mutaxassislarni tayyorlashdir.
Butun respublika boʻylab IT-parklar markazlari faoliyat yuritadi – ikki yil ichida u yerlarda 40 ming talaba taʼlim olgan. IT mutaxassisliklar boʻyicha “Bir million oʻzbek dasturchilari” (“One Million Uzbek Coders”) onlayn-platformada taʼlim olish mumkin. U yerda darslar oʻzbek tilida olib boriladi.
Yarmarka vakansiy JobFest 2021 dlya studentov vsex vuzov po napravleniyu IT v Universitete Inxa v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.09.2021
Jamiyat
Oʻzbekistonda IT sohasi boʻyicha 100 mingga yaqin mutaxassis tayyorlanadi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala