Jamiyat

Prezident va davlat stipendiyalarini tayinlash tartibi tasdiqlandi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.11.2021
Bakalavriat bosqichi talabalari uchun Prezident va davlat stipendiyalarini tayinlash tartibi tasdiqlandi.
TOSHKENT, 8 noya — Sputnik. Bakalavriat bosqichi talabalari uchun Prezident va davlat stipendiyalarini tayinlash tartibi tasdiqlandi.
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Hukumatning ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Kiritilgan qoʻshimchalarga koʻra, bakalavriat va magistratura talabalari uchun Prezident va davlat stipendiyalarini tayinlash tartibi alohida tasdiqlandi.
Uzbekskiye studentы sdayut vstupitelnыe ekzamenы pod otkrыtыm nebom v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.11.2021
Jamiyat
Talabalar xarajatlarining bir qismi byudjetdan qoplanadi
Prezident stipendiyasi har bir OTM bakalavriat talabalarining 1 nafar bitiruvchi kurs talabasiga tayinlanadi.
Boshqa davlat stipendiyalari oxirgi ikki kursda oʻqiyotgan talabalarga toʻlanadi.
Stipendiyalar uchun nomzodlarni koʻrsatish OTM kengashlari tomonidan talabgorlarning oʻquv va ilmiy faoliyatini ommaviy muhokama qilish asosida amalga oshiriladi.
OTM kengashi qaroriga asosan tanlovlarning navbatdagi bosqichiga tavsiya etilgan nomzodlar “stipendiya.edu.uz” tizimiga har yili 1-15 avgust kunlari kiritiladi.
Stipendiya tayinlash haqidagi tavsiyanomalarni berish 10-30 sentyabr kunlari koʻrib chiqiladi.
Stipendiyalar 1 sentyabrdan tayinlanadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala