Rammstein O‘zbekistonda suratga olingan klip bilan muxlislarni lol qoldirdi – video

© AFP 2023 / Tobias RostlundSolist gruppi Rammstein Till Lindemann
Solist gruppi Rammstein Till Lindemann  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.11.2021
Obuna bo‘lish
Rammstein guruhi " Le jardin des larmes" qo‘shig‘i uchun yangi klipini tasvirga oldi.
TOShKENT, 8 noya — Sputnik. Mashhur Rammstein guruhi solisti Till Lindemann " Le jardin des larmes" qo‘shig‘i uchun yangi klipi bilan muxlislarni lol qoldirdi.
Ma’lumki, video O‘zbekistonda suratga olindi.
Lindemann kompozitsiyani fransiyalik xonanda Zaz (Izabel Jeffrua) bilan birga ijro etgan.
Ijrochilar duetni 2018-yilda yozib olishni rejalashtirgandi, ammo pandemiya tufayli jarayon kechiktirildi.
Uch yildan so‘ng Lindemann va Jeffrua O‘zbekistonga borib, klipni suratga olishdi. Klip 3 kun davomida tasvirga olindi.
Suratga olish jarayoni O‘zbekiston Turizm va sport vazirligi ko‘magida amalga oshirildi.
Klip rejissori - Rammstein va Lindemann kliplarining muallifi - Zoran Bihach.
Yangiliklar lentasi
0