Shomurodovning goli “Roma”ni mag‘lubiyatdan qutqarib qololmadi – video

© AP PhotoEldor Shomurodov
Eldor Shomurodov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.11.2021
Obuna bo‘lish
Eldor Shomurodov “Roma” safida A Seriyada debut golini urdi va 14 o‘yindan iborat golsiz seriyasiga barham berdi.
TOShKENT, 8 noya – Sputnik. Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 12-turida “Roma” “Venetsiya” maydonida mehmon bo‘ldi.
43-daqiqada o‘zbekistonlik futbolchi Eldor Shomurodov “Roma” safida A Seriyadagi debut golini urdi.
Eldor so‘nggi bor UYeFA Konferensiyalar Ligasida "Trabzonspor" darvozasiga gol urishga muvaffaq bo‘lgandi. Ushbu gol orqali futbolchi 14 o‘yindan iborat golsiz seriyasiga ham barham berdi.
Shuningdek, birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtda Shomurodov Temmi Abrahamga golli uzatmani amalga oshirdi va rimliklarning ikkinchi goliga hammualliflik qildi.
5 gol kiritilgan o‘yinda rimliklar mag‘lub bo‘lishdi. “Venetsiya” 3:2 hisobida “Roma”dan ustun keldi.
Ushbu natijadan keyin "Roma" 19 ochko bilan 6-o‘rinda qoldi. "Venetsiya" ochkolarini 12 taga yetkazib olgan holda, 14-pog‘onaga ko‘tarildi.
Yangiliklar lentasi
0