Jamiyat

Yomgʻir va kunlar isishi: hafta davomida qanday ob-havo kuzatiladi

© Sputnik / Vladimir Fedorenko / Fotobankka oʻtishOsen
Osen - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.11.2021
10 noyabrda respublikaning markaziy hududlarida kuchsiz yomgʻir yogʻishi ehtimoli bor. 11−13 noyabrda mamlakatga iliq havo massalari kirib keladi.
TOSHKENT, 8 noya – Sputnik. Bugun va ertaga respublika hududining katta qismida yogʻingarchilik kutilmaydi, deb xabar bermoqda Oʻzgidromet.
Faqat Oʻzbekistonning janubiy hududlarida nam havo massalari aylanib turadi. Buning hisobiga Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida baʼzi joylarda asosan jadalligi biroz boʻlgan yomgʻir yogʻadi. Respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi.
Kechasi hali sovuq boʻladi, havo harorati 0…+5 daraja iliq, shimolda −2…−7 daraja sovuq atrofida boʻladi. Kunduz kuni esa quyosh havoni +10…+15 daraja iliqgacha isitadi.
10 noyabrda nam havo massasi shimoli-sharqiy tomonga qarab harakatlanadi va respublikaning markaziy hududlari boʻyicha baʼzi joylarda kuchsiz yomgʻir yogʻishi ehtimoli bor. Havo harorati kechalari +3…+8 daraja iliq, kunduz kunlari +10…+15 daraja iliq atrofida boʻladi.
11−13 noyabrda mamlakat hududiga Turkmanistondan iliq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda.
Havo harorati kechalari +3…+8 daraja iliq boʻladi. Kunduz kunlari esa noyabr oyi oʻrtalari uchun boʻlgan meʼyoriy qiymatlargacha +15…+18 daraja iliqgacha, janubda esa +20…+21 daraja iliqgacha isiydi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala