Jamiyat

Harbiy xizmatchilarning moddiy javobgarligi: yangi qonun tayyorlandi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovOfitserы uzbekskoy armii
Ofitserы uzbekskoy armii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.11.2021
Harbiy xizmatchilarning moddiy javobgarligi: yangi qonun tayyorlandi
TOSHKENT, 9 noya — Sputnik. Mudofaa vazirligi “Harbiy xizmatchilarning moddiy javobgarligi toʻgʻrisida” qonun loyihasini tayyorladi.
Covmestnыe ucheniya uzbekskix i kazaxskix voyennыx na poligone Matыbulak - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.11.2021
Foto
Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasidagi harbiy mashgʻulotlar qanday oʻtdi – foto
Hujjatda qayd etilishicha, “Harbiy xizmatchilarning moddiy javobgarligi toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni loyihasini ishlab chiqish boʻyicha vazifa Oʻzbekiston Respublikasining 2021 yil 30 sentyabrdagi “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi OʻRQ-718-sonli Qonuni bilan belgilangan.
“Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan belgilangan harbiy xizmatchilarning moddiy javobgarligi bugungi kunning zamonaviy talablariga toʻliqligicha javob bermaydi.
“Masalan ushbu Qonunda komandirlar (boshliqlar)dan tashqari harbiy xizmatchilarning cheklangan moddiy javobgarligi hamda yetkazilgan zararni qoplash tartibi nazarda tutilmagan”, - deyilgan hujjatda.
Mudofaa vazirligi yozishicha, chet el tajribasini oʻrganish Rossiya Federatsiyasi va Ukraina Respublikasida harbiy xizmatchilarning moddiy javobgarligi masalalari alohida qonunlar bilan tartibga solinganligini koʻrsatmoqda.
Podpisaniye dokumentov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.10.2021
Jamiyat
Oʻzbekistonda Oliy harbiylashtirilgan taʼlim muassasalari toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi
““Harbiy xizmatchilarning moddiy javobgarligi toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasining Qonunini qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasida oʻtkazilayotgan islohotlarning mohiyati va ahamiyatiga mos keladigan Oʻzbekiston Respublikasining toʻgʻridan-toʻgʻri amal qiluvchi alohida Qonuni bilan harbiy xizmatchilarning moddiy javobgarligi masalalarini tartibga solishga imkon beradi.
Moddiy javobgarlik toʻgʻrisidagi Qonunning normalari xizmat intizomi hamda harbiy xizmatchilarni gʻayriqonuniy xulqining profilaktikasini taʼminlaydi. Zarar qoplanganda tomonlarning mulkiy huquqlarining buzilishi bartaraf etiladi, bu orqali esa huquqiy tartibga solishning tiklovchi effektiga ham erishiladi”, - deyilgan hujjatda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala