Jamiyat

iFly Airlines᾽ga Oʻzbekistonga parvoz qilish vaqtincha taqiqlandi

© Sputnik / Maksim BlinovSamolyot iFly Airlines
Samolyot iFly Airlines - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.11.2021
Aviakompaniya ruxsatnoma olmasdan Oʻzbekistondan Rossiyaga charter reyslarni amalga oshirmoqchi boʻlgan. Yoʻlovchilar jadvalda yoʻq reysga chipta olishgan.
TOSHKENT, 9 noya – Sputnik. Rossiyaning iFly Airlines aviakompaniyasiga Oʻzbekistonga parvozlarni amalga oshirish uchun vaqtincha taqiq qoʻyildi. Bu haqda “Oʻzaviatsiya” agentligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, iFly tegishli ruxsatnoma olmasdan va amaldagi qoidalarni qoʻpol buzib, Oʻzbekiston va Rossiya shaharlari oʻrtasidagi charter reyslarga chipta sotishni tashkil etgan.
V aeroportu Tashkenta otkrыlsya novыy zal vыleta - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.11.2021
Jamiyat
Toshkent aeroportida yuzlab yoʻlovchilar Istanbulga ucha olishmadi – Uzbekistan Airports izohi
Noyabr oyida kompaniya Moskva – Urganch – Sankt-Peterburg – Urganch – Moskva, Navoiy – Moskva va Sankt-Peterburg – Navoiy – Sankt-Peterburg reyslariga chipta sotgan. Yoʻlovchilar koʻrsatilgan vaqtda aeroportga kelishgan va bu reys jadvalda yoʻqligini koʻrishgan.
Agentlik parvozning bajarilmasligi yoʻlovchilar oʻrtasida ijtimoiy keskinlikka olib kelganini taʼkidlagan.
“Aviakompaniyalar tomonidan bunday holatlar takrorlangan taqdirda “Oʻzaviatsiya” agentligi parvozlarni amalga oshirish uchun berilgan ekpluatatsiya ruxsatnomalarni bekor qiladi”, - deyilgan xabarda.
Eslatib oʻtamiz, 5 noyabr kuni Urganchda, 8 noyabr kuni Navoiyda iFly Airlines᾽ning jadvalda boʻlmagan reysiga chipta olganlar toʻplangan edi. Urganchdagi vaziyat hal qilingan va yoʻlovchilarni olib ketish Moskvadan samolyot joʻnatilgan edi. Navoiydagi yoʻlovchilarga esa chiptalar puli qaytarib berilishi vaʼda qilingan.
Aviachiptalarni sotib olish yoki sotishdan oldin "Oʻzaviatsiya" agentligi saytida tanishib chiqish mumkin.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala