Jamiyat

Koʻp piyoda yurganlarga pul endi kimning hisobidan toʻlab beriladi?

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Fotobankka oʻtishMarafon
Marafon - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.11.2021
Oʻzbekistonda “Sogʻlom turmush tarzi” platformasi (1hls.uz) qayta koʻrib chiqiladi.
TOSHKENT, 9 noya – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev “Sogʻlom turmush tarzi” platformasi orqali amalga oshiriladigan toʻlovlarni 2022 yil uchun Davlat byudjeti parametrlariga kiritish boʻyicha topshiriq berdi.
2022 yil 1 yanvardan boshlab Moliya vazirligi koʻp piyoda yurganlarga beriladigan pullarni Davlat byudjetidan toʻliq hajmda toʻlab berilishini taʼminlaydi.
Shuningdek, 2022 yil 1 yanvarga qadar “Sogʻlom turmush tarzi” platformasi takomillashtiriladi. Unda masofani haqiqatda bosib oʻtganligini tasdiqlovchi mexanizmlar qayta koʻrib chiqiladi.
Uchastnitsa marafona - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.07.2021
Jamiyat
Iyun oyida eng koʻp yurganlarga qariyb 69 mln soʻm toʻlab berildi
Eslatib oʻtamiz, hozir platforma orqali amalga oshiriladigan toʻlovlar alkogol (pivo, aroq) va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga tatbiq etilgan yigʻimdan olinmoqda.
Oʻzbekistonda “Sogʻlom turmush tarzi” (1hls.uz) platformasi joriy yil 10 maydan test rejimida, 1 iyundan boshlab toʻliq ishga tushgan. Har oyda eng koʻp yurgan shaxsga tuman (shahar) kesimida 300 ming soʻmdan, hudud kesimida 500 ming soʻmdan, respublika boʻyicha 1 million soʻm qoʻshimcha ravishda pul oʻtkazib beriladi.
Joriy yilning iyun-avgust oylari davomida jami 206,7 mln soʻm foydalanuvchilar elektron hamyoniga oʻtkazib berilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala