Dunyoda

"Kuch koʻrsatish": ekspert AQShning Qora dengizdagi harakatlariga izoh berdi

© Foto : U.S. Navy/Petty Officer 2nd Class Austin IngramEsminets VMS SSHA Porter vo vremya dozapravki v Chernom more
Esminets VMS SSHA Porter vo vremya dozapravki v Chernom more - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.11.2021
AQShning “Porter” esminetsi va AQSH harbiy-dengiz kuchlari shtab-kvartirasi qanotli raketalar bilan qurollangan “Mount Uitni” kemasi Qora dengizga kirib kelgandi.
AQShning Qora dengiz mintaqasida faollashishi Vashingtonning Rossiyani tiyib turish boʻyicha rasmiy pozitsiyasi bilan bogʻliq va kuchni namoyish qilish, ammo amerikaliklar Ukraina hududida harbiy yoki dengiz bazalarini joylashtirish toʻgʻrisida qaror qabul qilishlari dargumon, deb hisoblaydi Rossiya Fanlar akademiyasining AQSH va Kanada instituti Harbiy-siyosiy tadqiqotlar markazi rahbari, Oliy Iqtisodiyot maktabi Jahon siyosati kafedrasi professori Vladimir Batyuk.
Prezident SSHA Djo Bayden i pervaya ledi Djill Bayden pribыvayut v aeroport Fyumichino dlya uchastiya v sammite G20  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.11.2021
Kolumnistlar
AQSH prezidenti Yevropada: Rossiyani qanday haq toʻlash va pushaymon boʻlishga majburlashadi
Avvalroq AQShning “Porter”esminetsi va AQSH harbiy-dengiz kuchlari shtab-kvartirasi qanotli raketalar bilan qurollangan “Mount Uitni” kemasi Qora dengizga kirib kelgandi.
“Bu Amerikaning Rossiyani, jumladan, yaqin chegaralarda, jumladan, Qora va Boltiq dengizlarida tiyib turish boʻyicha rasmiy pozitsiyasi... Bu Vashingtonning shunday kuch namoyishi, lekin bundan ortiq narsa emas”, — dedi Batyuk RIA Novosti agentligiga.
Ekspertning taʼkidlashicha, agar Qora dengiz mintaqasida AQSH harbiy bazalarini ehtimoliy qurilishini koʻrib chiqsak, unda maʼlum savollar, jumladan, Montryo konventsiyasi boʻyicha cheklovlar bilan bogʻliq masalalar ham bor.
Neftyanaya kachalka, illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.10.2021
Dunyoda
Putinning neft narxi haqidagi gaplari AQSH va Yaponiya yuragiga gʻulgʻula solib qoʻydi – OAV
"Gap shundaki, Montryo konventsiyasiga koʻra va hech kim uni bekor qilmagan, Qora dengiz akvatoriyasida boʻlmagan davlatlar oʻz harbiy kemalarini Qora dengizda uch hafta - 21 kun ushlab turish huquqiga ega. Undan ortiq muddat emas. Demak, amerikaliklar shunchaki Qora dengizdagi flotni doimiy ravishda harbiy bazalarjoylashtirish huquqiga ega emaslar. Katta ehtimol bilan, yaqin kelajakda amerikaliklar Qora dengizdagi ittifoqchilari va sheriklariga tashrif buyurishadi, bundan ortiq narsa emas", - deydi Batyuk.
Uning soʻzlariga koʻra, Amerika harbiy kemasining Qora dengiz hududiga kirishi Donbassdagi ukrainalik harbiylarga qandaydir tarzda yordam berishi mumkinligini tasavvur qilish qiyin, chunki Donbass va Qora dengiz - harbiy amaliyotlarning turli teatrlaridir.
Batyukning tushuntirishicha, Qora dengizda Amerika harbiy bazalarini tashkil qilish bilan bogʻliq qiyinchiliklar nafaqat Montryo konventsiyasi, balki dunyoda amerikaliklar yirik harbiy bazalarini doimiy ravishda boshqarayotgan davlatlar unchalik koʻp emasligi bilan bogʻliq. Ekspertning taʼkidlashicha, bular, qoida tariqasida, juda boy davlatlar, ichki siyosiy vaziyat nihoyatda barqaror boʻlgan, amerikalik dengizchilar va fuqarolik xodimlari oʻzlarini xavfsiz va qulay his qiladigan davlatlardir.
Goroda mira. Kiyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.11.2021
Kolumnistlar
Ukraina Rossiyadan eng asosiy narsani tortib olmoqchi
"Bular Gʻarbiy Yevropa davlatlari, bular Bahrayn kabi davlatlar, sayyoramizning eng boy davlatlar safiga kiradi. Bular Yaponiya, Janubiy Koreya va Avstraliya kabi davlatlar. Ukraina hech qanday mezon boʻyicha bu toifaga toʻgʻri kelmaydi. Bu kambagʻal mamlakat, u ichki gʻalayon bilan qamrab olingan. Shuning uchun qandaydir amerikalik harbiy yoki siyosiy yetakchi oʻzining aqli va hushyor xotirasi bilan Ukraina hududida baʼzi doimiy Amerika harbiy yoki dengiz bazalarini joylashtirish toʻgʻrisida qaror qilishi dargumon", - dedi agentlik suhbatdoshi.
Rossiya Mudofaa vazirligi AQShning Qora dengiz mintaqasidagi harakatlariga munosabat bildirdi va Kiyev Donbassda harbiy yechim tayyorlayotgan paytda ehtimoliy harbiy amaliyotlar teatri oʻrganilayotganini taʼkidladi. Rossiya Mudofaa vazirligi taʼkidlashicha, Rossiya Qora dengiz floti Qora dengizda “AQSH harbiy-dengiz kuchlari kemalarining harakatlarini nazorat qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar”ni amalga oshirmoqda. AQSH harbiy-dengiz kuchlarining Qora dengizdagi harakatlari beqarorlashtiruvchi omil boʻlib, maqsadlardan biri - Ukraina hududini harbiy jihatdan oʻzlashtirishdir.
Eksponat vыstavki Krыm: zoloto i sekretы Chernogo morya v Amsterdame
 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.10.2021
Analitika
Janjal sababchisi: skiflar xazinalarini Qrimga emas, Ukrainaga berishyapti
Avvalroq AQSH harbiy-dengiz kuchlari zobiti Brayan Xarrington Montryo konventsiyasini chetlab oʻtib muntazam ravishda harbiy mashgʻulotlar oʻtkazish Rossiyani Qora dengizdagi hukmronlikdan mahrum qilishga yordam berishini aytgan edi. Xarrington yuqori texnologiyali qurollardan foydalangan holda harbiy manevrlar oʻtkazishni va Qora dengizda AQSH va NATO kemalari oʻrtasida oʻzaro hamkorlikni taklif qildi. Montryo konventsiyasiga koʻra, Qora dengiz boʻyida boʻlmagan davlatlar tinch vaqtda boʻgʻozlardan oʻtayotganda harbiy kemalarning tonnajiga nisbatan cheklovlarga rioya qilishlari shart, shu bois mutaxassis davlatlarni bu qoidani aylanib oʻtish uchun kuchlarni birlashtirishga chaqirdi.
1936 yilda qabul qilingan Montryo konvenyiyasi tinchlik davrida ham, urush davrida ham barcha mamlakatlar savdo kemalari uchun boʻgʻozlardan oʻtish erkinligini saqlab qoladi. Biroq, harbiy kemalarning oʻtish rejimi Qora dengiz va Qora dengiz boʻlmagan davlatlarga nisbatan farq qiladi. Qora dengiz boʻyida boʻlmagan kuchlarning harbiy kemalari uchun turi va qolish muddati boʻyicha sezilarli cheklovlar joriy etilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala