Siyosat

Mirziyoyev shu haftada Turkiyaga boradi

© MID KazaxstanaFlagi stran Tyurkskogo soveta
Flagi stran Tyurkskogo soveta - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.11.2021
Shavkat Mirziyoyev Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining navbatdagi sammitida ishtirok etish uchun 11-12 noyabr kunlari Turkiya Respublikasida tashrif bilan boʻladi.
TOSHKENT, 9 noya — Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Istanbul shahrida oʻtkaziladigan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining navbatdagi sammitida ishtirok etish uchun 11-12 noyabr kunlari Turkiya Respublikasida tashrif bilan boʻladi.
Boʻlajak oliy darajadagi uchrashuv kun tartibidan Kengash doirasidagi koʻp qirrali munosabatlarni, eng avvalo, savdo, investitsiyalar, “yashil” iqtisodiyot, raqamli texnologiyalar, transport va kommunikatsiyalar, madaniy-gumanitar almashinuv sohalaridagi aloqalarni kengaytirish masalalari oʻrin olgan. Tashkilot faoliyatini yanada takomillashtirish masalalari ham koʻrib chiqiladi.
Dvorets Xudoyar xana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.06.2021
Turizm
Qoʻqon - Turkiy dunyo turistik poytaxti maqomini olishi mumkin - tafsilotlar
Sammit yakunida hamkorlik samaradorligini oshirish va ustuvor yoʻnalishlarda koʻp tomonlama sheriklikni mustahkamlashga qaratilgan qoʻshma hujjatlar qabul qilinishi kutilmoqda.
Davlat rahbari tashrifi dasturida Istanbul shahrida qator ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazilishi ham koʻzda tutilgan.
Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi 2009 yilda ushbu tuzilmaga aʼzo mamlakatlar oʻrtasidagi munosabatlarni har tomonlama mustahkamlash maqsadida tuzilgan.
Bugungi kunda Kengashga Oʻzbekiston, Turkiya, Ozarbayjon, Qozogʻiston va Qirgʻiziston aʼzo. Oʻzbekiston tashkilotga 2019 yilda qoʻshildi. Vengriya Turkiy kengashda kuzatuvchi maqomiga ega.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala