O‘zbek-Turkman chegaraoldi savdo zonasi: prezident qarori tayyorlandi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovFlagi Uzbekistana i Turkmenistana
Flagi Uzbekistana i Turkmenistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.11.2021
Obuna bo‘lish
“Xalqaro shartnomalarni tasdiqlash to‘g‘risida” prezident qarori loyihasi tayyorlandi.
TOShKENT, 9 noya — Sputnik. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi “Xalqaro shartnomalarni tasdiqlash to‘g‘risida” prezident qarori loyihasini tayyorladi.
Qaror loyihasi Turkmaniston prezidentining shu yilning 4-5 oktabr kunlari O‘zbekiston Respublikasiga qilgan rasmiy tashrifi doirasida imzolangan hukumatlararo bitimlarni kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan ichki davlat protseduralarning amalga oshirish maqsadida ishlab chiqilgan.
Proizvodstvo avtomobiley na zavode Uzavtomotors - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.10.2021
“UzAuto Motors” avtomobillarini Turkmanistonda ishlab chiqarish boshlanadi
Loyiha bilan Toshkent shahrida 2021-yil 5-oktabr kuni imzolangan O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkmaniston Hukumati o‘rtasida tovar aylanmasini ko‘paytirish va ho‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasida o‘zaro manfaatli sheriklik aloqalarini kengaytirish to‘g‘risidagi Bitim hamda O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkmaniston Hukumati o‘rtasida O‘zbek-Turkman chegaraoldi savdo-zonasi – Savdo markazi faoliyatini tashkil etish va tartibga solish to‘g‘risidagi Bitimni tasdiqlash ko‘zda tutilmoqda.
Hujjatga ko‘ra, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi xalqaro shartnomalar amalga oshirilishi uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilanadi.
Yangiliklar lentasi
0