Jamiyat

Oʻzbekistonda kuzatilgan chang boʻroni salomatlik uchun qanchalik xavfli?

© SputnikPыlnaya burya v Uzbekistane
Pыlnaya burya v Uzbekistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.11.2021
Toshkentda kuzatilgan chang tarkibi oʻrganib chiqildi. Chang namunalari 42 turdagi pestitsidlarga gaz xromatografiyasi yordamida tahlil qilindi.
TOSHKENT, 9 noya – Sputnik. Oʻzbekistonlik olimlar Toshkentda boʻrondan keyin choʻkkan chang tarkibini oʻrganib chiqishdi. Bu haqda Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Tadqiqotni vazirlik huzuridagi Ilgʻor texnologiyalar markazi va OʻzR FA Bioorganik kimyo instituti olimlari olib borishdi.
Chang tahlili uchun namunalar “Beruniy” (Olmazor tumani) va “Akadem shaharchasi” (Mirzo Ulugʻbek tumaninin) metro bekatlari xududlaridan olingan. Chang tarkibi SmartSEM dasturiy taʼminot yordamida 100 mkm dan 1 mkm gacha boʻlgan turli masshtablarda olindi.
Namunalar SEM - EVO MA 10 (Zeiss, Germaniya), Panalytical Empyrean rentgen difraktometri, Agilent 7890B gaz xromatografi kabi qurilmalarda tahlil qilindi.
Natijalar shuni koʻrsatadiki, chang hajmi 5 mikrongacha boʻlib, bu kattalikdagi chang zarralari ancha zararsizdir.
5 noyabrdagi chang namunalari 42 turdagi pestitsidlarga gaz xromatografiyasi yordamida tahlil qilinganda namunalarda pestitsidlar mavjud emasligi aniqlandi.
Tahlil maʼlumotlari chang tarkibida tuz ham meʼyorda ekanligini koʻrsatdi. Chang namunalarida rN oʻlchovi chang eriganida ishqoriy xususiyatlarini koʻrsatdi.
Namunalar tahlili ular tabiatiga koʻra standart chang ekanligini koʻrsatdi.
Chang tarkibida ogʻir metallar, tuzlar, inson salomatligi uchun xavfli pestitsidlar mavjud emas.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston hududlarida 4-5 noyabr kuni kuchli chang boʻroni kuzatilgan edi. Oʻzgidromet soat atmosferada chang zarrachalari miqdori belgilanganidan 30 baravargacha oshganini maʼlum qilgan edi.
8 noyabr holatiga koʻra, Toshkent shahrida havoning chang bilan ifloslanishi pasayishda davom etmoqda.
Pыlnaya burya, illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.11.2021
Jamiyat
Oʻzbekistondagi chang boʻroni kosmosdan qanday koʻrindi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala