Iqtisod

"Oʻztoʻqimachiliksanoat" Germaniyada vakolatxona ochadi

© Uztekstilprom"Uztekstilprom" otkroyet predstavitelstvo v Germanii
Uztekstilprom otkroyet predstavitelstvo v Germanii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.11.2021
Vakolatxonaning asosiy maqsadi - kelajakda Oʻzbek brendlarining Yevropa peshtoqlarida yetakchi oʻrinlarni egallashga koʻmaklashish - "Oʻztoʻqimachiliksanoat".
TOSHKENT, 9 noya - Sputnik. Germaniyaning Shtutgart shahrida "Oʻztoʻqimachiliksanoat" uyushmasining vakolatxonasi ochiladi, deb xabar qilmoqda uyushma matbuot xizmati.
Ushbu vakolatxonaning ochilishi Oʻzbekiston toʻqimachilik mahsulotlari va brendlarini Yevropa bozorlarida oʻz oʻrnini egallashga ulkan turtki boʻladi, -deyilgan xabarda.
"Oʻztoʻqimachiliksanoat" vakolatxonasi Germaniya trikotaj ishlab chikaruvchilar konfederatsiyasi - Gesamtmasche binosida joylashgan boʻladi va mahalliy xaridorlar bilan yaqin aloqalarni yoʻlga qoʻyishga, toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar imzolash va Yevropa bozori talabini oʻrganish uchun keng imkoniyat yaratadi, - deyilgan xabarda.
Vakolatxona ochish haqidagi kelishuv "Oʻztoʻqimachiliksanoat" uyushmasi va Germaniyaning Gesamtmasche trikotaj ishlab chikaruvchilar konfederatsiyasi orasida 5 noyabr kuni imzolangan edi.
Uning asosiy maqsadlaridan biri - kelajakda Oʻzbek brendlarining Yevropa peshtoqlarida yetakchi oʻrinlarni egallashga koʻmaklashishdir. Ushbu maqsadda soha vakillariga muhandislik va strategik rejalashtirish, korporativ loyihalarni boshqarish, marketing kurslari boʻyicha grantlar ajratilishi koʻzda tutilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala