Prezident Aydarko‘lning ekologik holatini yaxshilashni topshirdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev provel soveshanie po razvitiyu turizma na Aydarkule
Shavkat Mirziyoyev provel soveshanie po razvitiyu turizma na Aydarkule - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.11.2021
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev Aydarko‘lda ekoturizm va baliqchilikni rivojlantirishni topshirdi
TOShKENT, 9 noya - Sputnik. Shavkat Mirziyoyev 8-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan majlisda mutassaddilar oldiga Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimining ekologik holatini yaxshilash bo‘yicha aniq vazifalar qo‘ydi.
Xususan, prezident ko‘llar tizimida suv sathini barqaror saqlash va sho‘rlanish darajasini kamaytirish, qirg‘oqlar bo‘yida 800 gektar yerda daraxt va butalar ekish, ekologik xavfsizlikni kuchaytirish hamda brakonyerlikni oldini olishni topshirdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev provel soveshanie po razvitiyu turizma na Aydarkule
Shavkat Mirziyoyev provel soveshanie po razvitiyu turizma na Aydarkule - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.11.2021
Shavkat Mirziyoyev provel soveshanie po razvitiyu turizma na Aydarkule
Undan tashqari prezident ushbu hududlarda ekoturizm va baliqchilikni rivojlantirish vazifasini qo‘ydi. Buning uchun suv hajmini barqaror saqlash hamda bioloik xilma-xillikni ta’minlash zarurligi ta’kidlandi.
Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlari jalb qilgan holda, ko‘llarni ijaraga berish, klaster uslubida baliq yetishtirish bo‘ycha vazifalarni qo‘ydi va ushbu kabi loyihalarni davlat tomonidan qo‘llab quvvatlash zarurligini ta’kidladi.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev Jizzax va Navoyi viloyatlarida saylovdan oldin bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarida Aydarko‘l va Arnasoyda turizm va baliqchilik bo‘yicha loyihalarni rivojlantirish kerakligini ta’kidlab o‘tgan edi.
Ma’lumot uchun, Aydra-Arnasoy ko‘llar tizimida 2021-yilda 4 ming tonna baliq yetishtirilgan. Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra ushbu davr mobaynida O‘zbekistondan jami 70 275 tonna baliq ovlangan.
Yangiliklar lentasi
0