Jamiyat

Yuqori qon bosimida qanday dorini ichish mumkin emas

© Pixabay / Rudy and Peter SkitteriansTabletka, illyustrativnoye foto
Tabletka, illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.11.2021
Aleksandr Myasnikov yuqori qon bosimi boʻlgan holatlarda "til ostiga" qabul qilinadigan tabletkalar qanchalik xavfli ekanligini ochib berdi.
TOSHKENT, 8 noya — Sputnik. Taniqli rossiyalik shifokor va teleboshlovchi Aleksandr Myasnikov yuqori qon bosimi boʻlgan holatlarda "til ostiga" qabul qilinadigan tabletkalar qanchalik xavfli ekanligini ochib berdi.
Bunday dorilar juda koʻp, ulardan biri - kaptopril. Bu preparatni shifokorning tavsiyasiz tez yordam chaqiruvining doirasida qabul qilish mumkin emas.
Mandarinы na sklade  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.12.2020
Jamiyat
Mandarin foydasi va zarari haqida - shifokorlar maslahati
Myasnikovning taʼkidlashicha, bunday dorilarni faqat shifokor nazorati ostidagi shifoxonada qabul qilish mumkin.
Shifokor, shuningdek, bunday dori-darmonlarni ruxsatsiz isteʼmol qilish nimalarga olib kelishini ham sanab oʻtdi.
"Sizda yurakning koronar tomirlarida, miya tomirlarida va buyraklarda perfuzion bosim pasayadi. Yurak xuruji, insult, oʻtkir buyrak yetishmovchiligi", - dedi Myasnikov.
Doimiy ravishda qon bosimi koʻtarilgan holatlarda uni qanday kamaytirish mumkin? Shifokor ovqatdan tuzni chiqarib tashlash, suyuqlikni isteʼmol qilishni cheklash, shuningdek, jismoniy faollikni qoʻshish va stressni olib tashlashni maslahat berdi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala