Iqtisod

Aholining necha foizi xorijdan pul oʻtkazmalari hisobiga yashashi maʼlum boʻldi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.11.2021
Aholining necha foizi maosh, tadbirkorlik va xorijdan pul oʻtkazmalari hisobiga yashashi maʼlum boʻldi.
TOSHKENT, 10 noya - Sputnik. Toshkentda aholining 70% maosh hisobiga yashashi maʼlum boʻldi. Bu haqida Markaziy bank eʼlon qilgan tahliliy maʼlumotda aytib oʻtilgan.
Oʻzbekiston aholisi orasida daromadi 7 million soʻmgacha boʻlgan fuqarolar ulushi 86%ni tashkil qilmoqda, deyilgan xabarda. Ushbu koʻrsatgich 2 kvartalga nisbatan 3%ga yaxshilangan.

Bunda, aholining deyarli 70% - asosiy daromad manbai sifatida oylik ish haqini koʻrsatgan. Shuningdek 15 % - tadbirkorlik faoliyatinini qayd etgan. Xorijdan pul oʻtkazmalari hisobiga yashaydiganlar soni esa - 3,4% ni tashkil qilgan.

Toshkentda oylik maoshga kun kechirayotganlar ulushi 68,8%ni tashkil qilgan boʻlsa, viloyatlar kesimida biroz kamroq. Xususan - Buxorda 61%, Andijonda 58,7%, Toshkent viloyatida 58,1%.
Asosiy daromadni tadbirkorlikdan oladiganlar ulushi Navoiy viloyati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Jizzax, Namangan va Xarazm viloyatlariga toʻgʻri keli.
MB hisobotiga koʻra, 2021 yilning 3 choragida chakana savdo aylanmasi salkam 10% (9,8%) va xizmatlar aylanmasi salkam 20% (19,5%)ga oʻsgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala