Jamiyat

Chang boʻronidan keyin yomgʻir birinchi qaysi hududlarda yogʻadi

© Sputnik / Evgeny Odinokov / Fotobankka oʻtishLyudi idut po ulitse vo vremya livnya v Moskve
Lyudi idut po ulitse vo vremya livnya v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.11.2021
Sinoptiklar bugun qator viloyatlarda yogʻmir yogʻishini prognoz qilishmoqda.
TOSHKENT, 10 noya– Sputnik. Bugun, 10 noyabr kuni, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarining baʼzi joylarida yomgʻir yogʻadi, deb xabar bermoqda Oʻzgidromet.
Respublikaning qolgan hududlarida yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat +10...+15 daraja iliq boʻladi.
Toshkent shahrida kechga tomon biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Kunduz kuni havo +11...+13 daraja iliqgacha isiydi.
Tashkent izbavlyayetsya ot posledstviy buri - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.11.2021
Video
Toshkent changdan qanday yuvilmoqda - video
Togʻli hududlarda bazi joylarda yogʻingarchilik boʻladi, tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat +5...+10 daraja iliq boʻladi.
Oʻzbekiston hududlarida 4-5 noyabr kuni kuchli chang boʻroni kuzatilgan edi. Oʻzgidromet soat atmosferada chang zarrachalari miqdori belgilanganidan 30 baravargacha oshganini maʼlum qilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala