Jamiyat

Chang miqdori eng yuqori boʻlgan hududlar maʼlum qilindi

© SputnikPыlnaya burya v Uzbekistane
Pыlnaya burya v Uzbekistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.11.2021
Oʻzgidromet eng koʻp chang miqdori toʻplangan shaharlar roʻyxatini eʼlon qildi.
TOSHKENT, 10 noya – Sputnik. Oʻzgidromet 4 noyabr kuni kuzatilgan chang-qumli tuman taʼsirida atmosferasining chang bilan ifloslanishi eng yuqori boʻlgan hududlarni maʼlum qildi.
4 noyabrda havoda chang miqdori boʻyicha maksimal ahamiyatlilik quyidagi hududlarda qayd etildi:
Toshkent - belgilangan meʼyordan 33 barobar;
Chirchiq - 26 barobar;
Guliston va Olmaliq - 20 barobar;
Bekobod - 18 barobar;
Buxoro - 14 barobar;
Angren va Navoiy - 8 barobar;
Samarqand – 4 barobar;
Sariosiyo, Namangan, Urganch, Fargʻona, Qoʻqon - taxminan 2 barobar.
5 va 6 noyabr kunduz kunlari atmosfera havosining chang bilan ifloslanishi pasaya boshladi va belgilangan meʼyordan 2-8 barobargacha koʻp boʻlgan.
Pыlnaya burya v Uzbekistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.11.2021
Jamiyat
Oʻzbekistonda kuzatilgan chang boʻroni salomatlik uchun qanchalik xavfli?
Eslatib oʻtamiz, 4 noyabr kuni Oʻzbekiston hududiga Ural mintaqalaridan sovuq havo kirib keldi. Sovuq front zonasida shamol tezligi 12−15 m/s gacha, Buxoro, Navoiy, Jizzax viloyatlarida ayrim joylarda 20−25 m/s gacha kuchayishi kuzatildi.
Kuchli shamollar taʼsirida tuproqning juda qurigan ustki qatlami koʻtarilib, respublikaning bir qator hududlarida chang-qumli tuman yuzaga kelib, koʻrish darajasi 100−200 metrgacha yomonlashdi. Atmosfera havosidagi chang miqdori keskin oshdi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala