O‘tkir respirator kasalliklar nega bolalarda ko‘p uchraydi?

© Pexels / Polina TankilevitchRebenok boleyet
Rebenok boleyet - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.11.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda bolalar o‘rtasida O‘RKga chalinish yilning boshqa davrlariga nisbatan cyezilarli ko‘paydi.
TOShKENT, 10 noya – Sputnik. Shu kunlarda O‘zbekistonda o‘tkir respirator infeksiyalarning mavsumiy ko‘tarilish davri kuzatilmoqda. Ayniqsa, bog‘cha va maktab yoshidagi bolalar o‘rtasida xastalikka chalinish ko‘rsatkichlari yilning boshqa davrlariga nisbatan cyezilarli darajada oshgani qayd etilyapti.
Respublika ixtisoslashtirilgan pediatriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘lim boshlig‘i Dinora Do‘stmuhammedova o‘tkir respirator infeksiyalar bilan bog‘liq jarayonlar, umuman kasallikning kelib chiqish sabablari, tarqalishi va kechishi haqida ma’lumot berdi.
Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, o‘tkir respirator kasalliklar (O‘RK) – havo-tomchi orqali yuqib, nafas yo‘llarining turli qismlari yallig‘lanishi va intoksikatsiya sindromi bilan kechadigan virusli xastaliklar guruhidir.
O‘RK bolalarda yuqumli kasalliklar umumiy sonining 90 foizini tashkil etib, ularning barchasi mavsumiy xarakterga ega. Ya’ni, bu xastaliklar yilning boshqa davrlariga nisbatan aynan kuz-qish mavsumida ko‘p uchraydi. Bu guruhga bir necha kasalliklar, xususan, virusli – gripp, paragripp, adenovirus, rotavirus, enterovirus, shuningdek, bakterial– pnevmokokk, meningokokk, stafilokokk kabilar kiradi.
Shifokor kunlar sovib, havo biroz pasayishi bilan yosh bolalar o‘rtasida O‘RK nega ko‘p uchrashiga to‘xtaldi.
“Boisi ayni shu paytda ularning immun tizimi sustlashib, kasallikka qarshi kurashuvchanligi sezilarli darajada pasayadi”, - deydi Dinora Do‘stmuhammedova.
Uning so‘zlariga ko‘zlariga ko‘ra, ayrim ota-onalar farzandida kasallikning kataral – burun oqish, aksirish, yo‘tal, bosh og‘rig‘i kabi belgilari kuzatilsa-da ularni bog‘cha yoki maktabga yuborishga monelik qilmaydi. Bu esa noto‘g‘ri. Chunki bolalar bir-biri bilan o‘zaro muloqotda bo‘lishi natijasida kasallikning keng tarqalishiga zamin yaratiladi.
O‘RK havo-tomchi orqali yuqishi sababli, virus tanachalari aksirganda yoki yo‘talganda 2-3 metrgacha tarqalib, ko‘pchilikni zararlaydi. Shu bois virusga chalingan bolani alohidalash va uni yakka tartibda davolash lozim.
Bu kasallikning kechishi bola organizmi, xususan, uning immun tizimi bilan bevosita bog‘liq. Ayrimlarda xastalik yengil darajada o‘tsa, ba’zilarda birmuncha og‘irroq kechadi. Kasallik asosan tumov bilan boshlanadi.
Keyinchalik burun oqishi kuzatilib, dastlab shilliq, keyinchalik yashil bo‘lib oqadi. Shuningdek, yo‘tal, tomoq qichishi, tana haroratining ko‘tarilishi, katta bolalarda tomoq og‘rishi, kichik yoshdagilarda esa tomoq qizarib, ovqat yeyishga qiynaladi.
Saratonni davolashning samarali usuli topildi
Yangiliklar lentasi
0