Migratsiya

Oʻzbekistonlik mehnat migrantlari ishlash uchun Slovakiyaga yuboriladi

© Sputnik / Aleksandr Vilf / Fotobankka oʻtishGoroda mira. Bratislava
Goroda mira. Bratislava - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.11.2021
Oʻzbekiston fuqarolarini Slovakiyaga ishga jalb qilish boʻyicha memorandum imzolandi.
TOSHKENT, 10 noya — Sputnik. Oʻzbekiston fuqarolarini Slovakiyaga ishga jalb qilish boʻyicha memorandum imzolandi.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligida Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi oʻrinbosari E.Muhitdinov, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshligʻi X.Umarov, Slovakiya Respublikasining respublikadagi Favqulodda va muxtor elchisi YA.Bori va “SLOVMEDIA SK s.r.o.” kadrlar agentligi vakili T.Bretsk ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Unda Oʻzbekistonda xorijda ishlash istagida boʻlgan fuqarolar uchun yaratilgan imkoniyat va imtiyozlar, xususan, kasb va chet tillariga oʻqitish, xorijda huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilgan ishlar haqida maʼlumot berilib, oʻzbekistonliklarni Slovakiyada ishga jalb qilish masalalari muhokama qilindi.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va “SLOVMEDIA SK s.r.o.” kadrlar agentligi oʻrtasida Oʻzbekiston fuqarolarini Slovakiya Respublikasiga tashkillashtirilgan tarzda ishga jalb qilish boʻyicha memorandum imzolandi.
Memorandum doirasida fuqarolarni yuk mashinalari haydovchisi yoʻnalishi boʻyicha ishga yuborish koʻzda tutilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala