Razan viloyati gubernatori Toshkentga keldi

© Xokimiyat goroda TashkentaGubernator Razanskoy oblasti Nikolay Lyubimov pribil v Tashkent
Gubernator Razanskoy oblasti Nikolay Lyubimov pribil v Tashkent - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.11.2021
Obuna bo‘lish
Tashrif doirasida Toshkentda Razan viloyati korxonalarining yirik ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.
TOShKENT, 10 noya - Sputnik. Rossiyaning Razan viloyati gubernatori Nikolay Lyubimov boshchiligidagi delegatsiya Toshkentga keldi, deb xabar qilmoqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati.
Mehmonlarni poytaxt aeroportida shahar hokimining o‘rinbosari Furqat Mahmudxo‘jayev kutib oldi.

Nikolay Lyubimovning tashrifi doirasida Toshkentda Razan korxonalarining yirik ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tishi kutilmoqda. Unda viloyatning 56 korxonasi o‘zlarining 500ta mahsuloti bilan ishtirok etadi.

Ko‘rgazma doirasida shuningdek Toshkent va Razan tadbirkorlarning maqsadli B2B uchrashuvlari, shartnomalar birjasi hamda muzokaralar bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentda 27-29 oktabr kunlari UzStroyExpo - qurilish yarmarkasi bo‘lib o‘tgan edi. Undan Razan viloyatining bir qator komaniyalari o‘zlarining alohida stendi bilan ishtirok etishgan edi. Ko‘rgazma doirasida Razan va Toshkent korxonalari qurilish sohasida o‘zaro hamkorlik masalarini muhokama qilish haqida kelishib olishgan edi.
Razan viloyatini rivojlantirish korporatsiyasi direktori Artom Nikitin aytishiga ko‘ra, so‘nggi yillarda Razan viloyati va O‘zbekiston orasida savdo hamkorligi rivojlanib bormoqda. Xususan 2020-yildan 2021-yilga qadar o‘zaro savdo hajmi 25%ga o‘sgan.
© Xokimiyat goroda TashkentaGubernator Razanskoy oblasti Nikolay Lyubimov pribil v Tashkent
Gubernator Razanskoy oblasti Nikolay Lyubimov pribil v Tashkent - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.11.2021
Gubernator Razanskoy oblasti Nikolay Lyubimov pribil v Tashkent
Yangiliklar lentasi
0