Jamiyat

“Sogʻlom turmush tarzi” foydalanuvchilarini koʻpaytirish uchun qoʻshimcha 60 mlrd soʻm ajratiladi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Fotobankka oʻtishPolumarafon-2018
Polumarafon-2018 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.11.2021
Joriy yilda platforma foydalanuvchilariga 18 milliard soʻm toʻlab berilgan.
TOSHKENT, 10 noya – Sputnik. 2022 yilda “Sogʻlom turmush tarzi” platformasi foydalanuvchilari koʻlamini kengaytirish uchun qoʻshimcha 60 milliard soʻm ajratiladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish va ularni davolash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan oʻtkazilgan yigʻilishda Moliya vazirligiga tegishli koʻrsatma berdi.
Qayd etilishicha, “Sogʻlom turmush tarzi” platformasi foydalanuvchilari 600 ming nafarga yetgan. Ularga 18 milliard soʻm toʻlab berilgan.
“Moliya vazirligiga kelgusi yilda bu tizimdan foydalanuvchilar koʻlamini kengaytirish uchun 60 milliard soʻm ajratish boʻyicha koʻrsatma berildi”, - deyilgan xabarda.
Maʼlumki, yurak-qon tomir kasalliklarning asosiy sabablaridan biri – notoʻgʻri turmush tarzi. Toʻgʻri ovqatlanib, koʻproq piyoda yuradigan odamlarda bunday xastalik kam uchrashi xalqaro ilmiy tashkilotlar tomonidan isbotlangan.
Marafon - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.11.2021
Jamiyat
Koʻp piyoda yurganlarga pul endi kimning hisobidan toʻlab beriladi?
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala