Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketishini eʼlon qilgach, toliblar mamlakatning deyarli barcha hududlari oʻz xatti-harakatlarini faollashtirdi. Ular kundan-kunga yangi tumanlarni oʻz nazoratiga ostiga oldi. Vaziyat Afgʻonistonning Oʻzbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida keskinlashdi.

Tojikiston Afgʻoniston tomonidan terrorchilar bosimi kuchayganini maʼlum qildi

© AP Photo / Muhammed MuheisenVoorujennыe lyudi v Afganistane
Voorujennыe lyudi v Afganistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.11.2021
Tojikiston Xavfsizlik kengashi kotibining soʻzlariga koʻra, afgʻon-tojik chegarasidagi vaziyat keskinligicha qolmoqda.
TOSHKENT, 10 noya – Sputnik. Afgʻon-tojik chegarasidagi vaziyat keskinligicha qolmoqda. Bu haqda Tojikiston Xavfsizlik kengashi kotibi Nasrullo Mahmudzoda Afgʻonistondagi xavfsizlik masalalariga oid Dehli mintaqaviy muloqot doirasida maʼlum qildi.
Shu bilan birga, Mahmudzodaning soʻzlariga koʻra, Afgʻoniston tomonidan terrorchilik tahdidi kuchaymoqda.
“Afgʻon-tojik chegarasidagi vaziyat murakkabligicha qolmoqda, Afgʻoniston hududidan terrorchilik tahdidi kuchaymoqda”, - dedi u.
Mahmudzoda Afgʻonistonda hokimiyat tepasiga “Tolibon”* harakatining kelishi mintaqa va dunyodagi harbiy-siyosiy va geosiyosiy vaziyatga sezilarli oʻz tuzatishlarini kiritgan.
U Tojikistonning Afgʻoniston bilan uzun chegarasi borligini eslatdi va shu bois respublika “mintaqaga terrorizm, ekstremizm, narkotik kondrabandasi va boshqa transmilliy jinoyatchilik turlari tarqalishiga qarshi kurashishdagi oldingi qatorda” boʻlib qolgan.
Nyu-Dehlida Afgʻonistondagi xavfsizlik masalalariga oid Dehli mintaqaviy muloqot boʻlib oʻtmoqda. Unda Hindiston, Eron, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Qozogʻiston, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekiston vakillari qatnashmoqda.
Ministr inostrannыx del RF Sergey Lavrov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.11.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Lavrov: Markaziy Osiyoga Afgʻonistondan terrorizmning “oqib oʻtishiga” yoʻl qoʻymaslik muhim

Toliblarning Afgʻoniston hukumatini egallab olishi

Avgust oyi oʻrtalarida "Tolibon"* aʼzolari mamlakat poytaxti Kobulga bostirib kirib, prezident saroyini egallab olishdi.
31 avgustga oʻtar kechasi AQSH harbiylari Kobul aeroportini batamom tark etishdi va bu bilan Afgʻonistondagi qariyb 20 yillik amerika kampaniyasi oʻz yakuniga yetdi.
Jangarilar Afgʻonistonning muvaqqat hukumati tarkibini eʼlon qildi.
Muvaqqat hukumatni "Tolibon"* birinchi bor hukumat tepasiga kelganida TIV rahbari kursisini egallagan va hozirga qadar BMT sanktsiyalari ostida qolib kelayotgan Muhammad Hasan Oxund boshqarishi maʼlum boʻldi.
* Tashkilot terrorchilik faoliyati uchun BMT sanktsiyalari ostida.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala