Siyosat

Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi nomi oʻzgartiriladi

© AFP / MUSTAFA OZERMost cherez Bosforskiy proliv v Stambule.
Most cherez Bosforskiy proliv v Stambule. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.11.2021
Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining nomi Turkiy davlatlar tashkiloti deb oʻzgartiriladi.
TOSHKENT, 10 noya — Sputnik. Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining nomi Turkiy davlatlar tashkiloti deb oʻzgartiriladi.
Qirgʻiziston prezident maʼmuriyati tashqi siyosat boʻlimi boshligʻi Jeenbek Quluboyevning soʻzlariga koʻra, tashkilot nomini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi qaror 12 noyabr kuni Istanbulda boʻlib oʻtadigan sammitda qabul qilinishi rejalashtirilgan. Sputnik Qirgʻiziston xabariga asosan.
Flagi stran Tyurkskogo soveta - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.11.2021
Siyosat
Mirziyoyev shu haftada Turkiyaga boradi
Sammitda Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etadi.
Boʻlajak oliy darajadagi uchrashuv kun tartibidan Kengash doirasidagi koʻp qirrali munosabatlarni, eng avvalo, savdo, investitsiyalar, “yashil” iqtisodiyot, raqamli texnologiyalar, transport va kommunikatsiyalar, madaniy-gumanitar almashinuv sohalaridagi aloqalarni kengaytirish masalalari oʻrin olgan.
Sammitda hamkorlik samaradorligini oshirish va ustuvor yoʻnalishlarda koʻp tomonlama sheriklikni mustahkamlashga qaratilgan qoʻshma hujjatlar qabul qilinishi kutilmoqda.
Davlat rahbari tashrifi dasturida Istanbul shahrida qator ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazilishi ham koʻzda tutilgan.
Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi 2009 yilda ushbu tuzilmaga aʼzo mamlakatlar oʻrtasidagi munosabatlarni har tomonlama mustahkamlash maqsadida tuzilgan.
Bugungi kunda Kengashga Oʻzbekiston, Turkiya, Ozarbayjon, Qozogʻiston va Qirgʻiziston aʼzo. Oʻzbekiston tashkilotga 2019 yilda qoʻshildi. Vengriya Turkiy kengashda kuzatuvchi maqomiga ega.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala