Jamiyat

"Vaqf" fondi mablagʻlarning asosiy qismini nimaga sarflagani maʼlum boʻldi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Fotobankka oʻtishPrazdnovaniye Kurban-Bayrama v Moskve
Prazdnovaniye Kurban-Bayrama v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.11.2021
"Vaqf" xayriya fondi mablagʻlarining asosiy qismini pandemiya vaqtida masjidlar xodimlarini moddiy qoʻllab-quvvatlashgan sarflagan.
TOSHKENT, 10 noya – Sputnik. "Vaqf" xayriya fondi oʻz mablagʻlarining asosiy qismini pandemiya vaqtida masjidlar xodimlariga moddiy yordam uchun sarflagani maʼlum boʻldi. Bu haqida AOKAda boʻlib oʻtgan brifingda fond axborot xizmati rahbari Saidabror Umarov maʼlum qildi.
Xabarda aytilishiga koʻra, "Vaqf" xayriya fondi 2018 yilda oʻz faoliyatini boshlagandan bugunga qadar jami 74,9 milliard soʻm mablagʻni masjidlar qurilishi, taʼmirlanishi va xodimlarni moddiy qoʻllab-quvvatlash uchun yoʻnaltirilgan.
65,8 mlrd. soʻm - 2090ta masjidlarda mehnat qilayotgan imom-xatib, imom noibi, mutavalli, muazzin, qorovul va boshqa texnik xodimlarga moddiy yordam uchun sarflangan;
6,97 mlrd. soʻm - “moliyaviy nochor, kam daromadli masjid imom-xatiblari uchun 2018 yildan uzluksiz oylik maosh sifatida toʻlab berilgan”.
5,2 mlrd. soʻm - oʻtgan 3 yil davomida masjid qurish va taʼmirlash ishlariga jami ajratilgan.
Undan tashqari aholining diniy-maʼrifiy ilmlarini oshirish va masjidlardagi kutubxonalarni yanada boyitish maqsadlariga 2,95 mlrd. soʻm sarflangan.
Maʼlumot uchun, "Vaqf" xayriya fondi Oʻzbekiston prezidentining 2018 yilda imzolangan 5416-sonli farmoniga asosan tashkil qilingan edi. Ushbu farmonga asosan "Vaqf" xayriya fondi fuqarolarning diniy, maʼnaviy va intellektual salohiyatini oshirish bilan birga milliy va diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, masjidlar va diniy taʼlim muassasalarining binolarini qurish, taʼmirlash va obodonlashtirishga sarflanishi kerak.
Undan tashqari fond hisobidan masjidlada faoliyat yuritayotgan imom-xatiblarga maosh toʻlash, namunaviy loyihalar boʻyicha qurilayotgan uy-joylarni sotib olib, tekinga berish kabi xarajatlar nazarda tutilgan.
Vaqf" xayriya jamoat fondi mablagʻlari fuqarolardan zakot, fitr va boshqa xayriya mablagʻlari asosida toʻplanadi.
Blagotvoritelnыy fond Vakf otkrыl gostinitsu v Termeze - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.10.2019
Jamiyat
"Vaqf" fondi Termizda mehmonxona ochdi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala