Jamiyat

"16 fevral voqealari": oqlangan 5 fuqaroning ishi qayta koʻrib chiqiladi

Sudeyskiy molotok - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.11.2021
Toshkent viloyatida 16 fevral voqealari boʻyicha oqlangan 5 fuqaroning ishi qayta koʻrib chiqiladi.
TOSHKENT, 11 noya — Sputnik. 11 noyabr kuni, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati kassatsiya instantsiyasining ochiq sud majlisida YO. Kamalov, M. Xodjayev, I. Yunusov, B. Begmatov va I. Buriyevga oid jinoyat ishi Toshkent viloyat prokuraturasi tomonidan keltirilgan protest asosida koʻrib chiqildi, deb xabar qildi Oliy sud matbuot xizmati.
Ruki v naruchnikax - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.09.2021
Hodisalar
DXX 16 fevral voqealariga aloqador terrorchini qoʻlga oldi
Xabarda aytilishicha, Jinoyat ishlari boʻyicha Zangiota tuman sudining 1999 yil 30 iyundagi hukmiga koʻra YO. Kamalov (1968 yilda Toshkent shahrida tugʻilgan, ilgari Toshkent viloyati bojxona xizmati “Gʻisht koʻprik” bojxona maskanida bosh nozir boʻlib ishlagan), M. Xodjayev (1973 yilda Qashqadaryo viloyatida tugʻilgan, ilgari Toshkent viloyati bojxona xizmati “Gʻisht koʻprik” bojxona maskanida bosh nozir boʻlib ishlagan), I. Yunusov (1970 yilda Toshkent viloyatida tugʻilgan, ilgari Toshkent viloyati bojxona xizmati “Gʻisht koʻprik” bojxona maskanida bosh nozir boʻlib ishlagan), B. Begmatov (1974 yilda Toshkent viloyatida tugʻilgan, ilgari Toshkent viloyati bojxona xizmati “Gʻisht koʻprik” bojxona maskanida bosh nozir boʻlib ishlagan) va I. Buriyev (1973 yilda Toshkent shahrida tugʻilgan, ilgari Toshkent viloyati bojxona xizmati “Gʻisht koʻprik” bojxona maskanida nozir boʻlib ishlagan) ga Jinoyat kodeksining 208-moddasi bilan 3 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanib, ular 1999 yil 30 apreldagi amnistiya aktiga asosan jazodan ozod qilingan.
Toshkent viloyat sudi jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatining 2021 yil 24 iyuldagi ajrimi bilan sudlanuvchilarning harakatlarida jinoyat alomatlari mavjud boʻlmaganligi sababli Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasi (reabilitatsiya uchun asoslar) 2-bandiga asosan reabilitatsiya qilinib, jinoyat ishining ularga oid qismi harakatdan tugatilgan.
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.09.2021
Jamiyat
Oʻzbekistonda 26 sentyabr DXX xodimlari kuni etib belgilandi
Toshkent viloyati prokuraturasi tomonidan keltirilgan protestda YO. Kamalov va boshqalarga nisbatan chiqarilgan Toshkent viloyat sudi jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati apellyatsiya instantsiyasining 2021 yil 24 iyuldagi ajrimini bekor qilib, jinoyat ishini yangidan shu instantsiya sudida koʻrish uchun yuborish masalasi qoʻyilgan.
Sudlov hayʼati ushbu jinoyat ishidagi hujjatlarni tahlil qilib, quyidagi asoslarga koʻra apellyatsiya instantsiyasi sudining ajrimini bekor qilishni va ishni yangitdan koʻrish uchun shu instantsiya sudiga yuborishni, protestni qisman qanoatlantirishni lozim topdi.
“Jinoyat-protsessual kodeksining 348-1-moddasi (yoʻqolgan jinoyat ishini yoki uning materiallarini tiklash) da yoʻqolgan jinoyat ishini yoki uning materiallarini tiklash prokurorning qaroriga koʻra, jinoyat ishi yoxud uning materiallari sudda yoʻqolgan taqdirda esa ijro etish uchun prokurorga yuboriladigan sud ajrimiga koʻra yoʻqolgan jinoyat ishini yoki uning materiallarini tiklash jinoyat ishi hujjatlarining ushbu Kodeksda belgilangan tartibda dalillar deb topilishi mumkin boʻlgan saqlab qolingan koʻchirma nusxalari boʻyicha va protsessual harakatlarni bajarish orqali amalga oshirilishi nazarda tutilgan.
Bunday holatda, YO. Kamolov va boshqalarga nisbatan boʻlgan jinoyat ishini Toshkent viloyat sudida koʻrib chiqqanlik holatini qonuniy va asosli deb boʻlmaydi.
Podozrevayemыy v sude - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.11.2021
Hodisalar
Qirgʻizistonda “Hizb ut-Tahrir”* liderlaridan biri ushlandi: u Oʻzbekistonda qidiruvda boʻlgan
Shu sababli, kassatsiya instantsiyasi sudi YO. Kamalov va boshqalarga nisbatan chiqarilgan Toshkent viloyat sudi jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati apellyatsiya instantsiyasining 2021 yil 24 iyuldagi ajrimini bekor qilib, ishni yangitdan shu instantsiya sudida koʻrish uchun yuborishni lozim deb hisobladi”, - deyilgan bayonotda.
Ishni yangitdan apellyatsiya instantsiyasida koʻrishda qayd etilgan holatlarni sinchkovlik bilan, har tomonlama, toʻla va xolisona tekshirib chiqib, qonun talablaridan kelib chiqqan holda qonuniy va asosli qaror qabul qilinishi lozim boʻladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati kassatsiya instantsiyasining 2021 yil 11 noyabrdagi ajrimi bilan YO. Kamalov, M. Xodjayev, I. Yunusov, B. Begmatov va I. Buriyevga nisbatan chiqarilgan Toshkent viloyat sudi jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati apellyatsiya instantsiyasining 2021 yil 24 iyuldagi ajrimi bekor qilinib, ish yangidan shu instantsiya sudida koʻrib chiqish uchun yuborilishi belgilandi. Toshkent viloyati prokuraturasining protesti qisman qanoatlantirildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala