Kolumnistlar

"Qonunni aldab": AQSH Qora dengizda oʻrnashib olish yoʻlini topdi

© Sputnik / Vasiliy Batanov / Fotobankka oʻtishJiteli Sevastopolya vstretili amerikanskiy fregat aktsiyey protesta
Jiteli Sevastopolya vstretili amerikanskiy fregat aktsiyey protesta - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.11.2021
Vashington Montre konventsiyasini qayta koʻrib chiqishni talab qilmoqda. Maqsad – Qora dengizda harbiy kuch miqdorini keskin oshirish.
TOSHKENT, 11 noya —Sputnik. Amerikaliklar Qora dengizda uzoq muddatga oʻrnashib olish yoʻlini topganga oʻxshaydi. AQShning Oltinchi floti “Rossiya tahdidi”ga qarshi NATO davlatlari bilan hamkorlikda Qora dengizga kirib kelish yoʻlini izlamoqda. Buning oqibatlari qanday boʻlishi mumkinligi haqida maqolamizda batafsil tanishing.

Mashqlardan maqsad

Harbiy dengiz oʻquv mashqlariga Oltinchi flot flagmani “Blyu Ridj”toifasiga mansub boʻlgan “Maunt Uitni” boshqaruv kemasi yetakchilik qilmoqda. Ushbu kema Qora dengizga 2014 yildan buyon uchinchi marotaba kirib kelmoqda. “Maunt Uitni” – eng zamonaviy radoelektron uskunalar, aloqa va razvedka vositalari bilan jihozlangan suzuvchi shtab boʻlib, qoʻmondonlikka butun qoʻshinni boshqarish uchun kerak boʻladigan operativ maʼlumotlarni yetkazib berish bilan shugʻullanadi.
Flagman Qora dengizga "Porter" raketa tashuvchi esminetsi hamda "Djon Lentxoll" tankeri hamrohligida kirib keldi. Uch kemadan iborat guruhga NATOning hududdagi ittifoqchilari hamda Yevropadagi bazalarda joylashgan AQSH harbiy aviatsiyasi koʻmak berib turibdi. Samolyotlar orasida yadroviy qurol tashishga qodir boʻlgan B-1B strategik bombardimonchilar ham bor.
© Sputnik / Aleksandr Zabolotnыy / Fotobankka oʻtishFlagmanskiy korabl shestogo flota SSHA Mount Whitney v portu Tallina
Flagmanskiy korabl shestogo flota SSHA Mount Whitney v portu Tallina - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.11.2021
Flagmanskiy korabl shestogo flota SSHA Mount Whitney v portu Tallina
Rossiya Mudofaa vazirligi Rossiya hududi yaqinida oʻtkazilayotgan AQShning ushbu rejadan tashqari oʻquv-mashqlarini vaziyatni beqarorlashtiruvchi deb hisoblaydi.
“Ularning maqsadlaridan biri Ukraina hududini harbiy oʻzlashtirish”, - deb aniqlik kiritishdi vazirlikda. – Mashqlarda amerika harbiy dengiz flotidan tashqari taktik, patrul va strategik aviatsiyadan foydalanish hamda Bolgariya Gruziya Rumыniya Turkiya va Ukraina harbiy kuchlari ishtiroki rejalashtirilayotgani, faqat bir narsadar darak berishi mumkin – Kiyev Donbassni kuch bilan egallab olishga qaror qilganda harbiy harkatlar teatrini oʻrganishni.
Amerika kemalarining Qora dengizga kelishidan oldin bir necha “media zarbalar” berilgan edi. Oktyabr oxirida Politico nashri “Kreml Ukraina hududiga bostirib kirish maqsadida chegara yaqinida qoʻshin toʻplamoqda” deb “sensatsiya” eʼlon qilgan edi. Buning dalili sifatida ular Yelnya shahri yaqinidagi harbiy qismning sputnik suratini chop etishdi. Gʻarb OAVlari ushbu povokatsion xabarni darhol qoʻlma-qoʻl tarqatishdi. Aslida esa Smolensk viloyatida joylashgan ushbu shahardan Ukraina chegarasigacha 250 kmdan uzoq.
Noyabr oyining boshida MRB boshligʻi Uilyam Berns muzokaralar oʻtkazish maqsadida Moskvaga kelgan edi. CNN xabariga koʻra, ushbu tashrifdan maqsad — "Rossiyaning Ukraina chegarasi yaqinida qoʻshn toʻplayotganidan AQSH xabardor ekanligi haqida ogohlantirish edi. Ehtimol razvedka boshligʻi ham Politico jurnalistlari kabi jugʻrofiyadan bexabardir.
Buyam mayli, lekin Pentagon ham shu kuyni chalmoqda. “Biz Rossiya harbiylarining Ukraina chegarasi atrofidagi harakatlaridan xavotirga tushmoqdamiz, - dedi Amerika Mudofaa vazirligi matbuot kotibi Jon Kirbi. – Biz Rossiyadan oʻz niyatlarini ochiqlashni soʻraymiz. Ular aslida u yerda nima qilmoqda”
Rossiya TIVining rasmiy vakili Mariya Zaxarova bularning barchasini feyk-kampaniya deb atadi. Lekin Gʻarbda Rossiyaga qarshi axborot kampaniyasi allaqachon ishga tushirilgan va tobora kuchayib bormoqda. Uni toʻxtatadigan kishi yoʻq. Yaqinda respublikachi kongressmen Mayk Rodjers va Mayk Terner Ukrainaga qurol-aslaha yetkazib berish va Qora dengizga jangovar kemalarni yuborishni taklif qilgan edi. Maqsad - “agressiyaga qarshi turish va javob berish”.
Voyennыe korabli Severoatlanticheskogo alyansa - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.07.2021
Analitika
NATO Qora dengiz boʻyicha aniq qarorga keldi - Rossiya javobi qanday boʻladi?

Guruh toʻplash kerak

1936 yilda imzolangan Montre konventsiyasiga koʻra, Qora dengiz atrofida joylashmagan mamlakatning harbiy floti umumiy sigʻimi 30 ming tonnadan oshmasligi kerak. Bugun Qora dengizda turgan Oltinchi flotning uchchala kemasining umumiy ogʻirligi ushbu limitga zoʻrgʻa sigʻmoqda. Aynan ana shu yuridik cheklovlar tufayli AQSH shu kungacha Bosfor boʻgʻozi orqali oʻz flotining asosiy zarba kuchi – sigʻimi 80 ming tonna boʻlgan atom aviatashuvchilarini biror marotaba olib oʻtmagan.
Bu albatta Vashingtonga yoqmaydi. Uchta kema, qanchalik zamonaviy boʻlmasin Rossiyaning Qrim yarim orolida jolashtirilgan harbiy kuchlari hamda Qora dengiz flotini yengib oʻta olmaydi. Montre konventsiyasini toʻgʻridan toʻgʻri buzishga amerikaliklar jurʼat eta olishmaydi – ayniqsa tinchlik vaqtida. Ular “variant” qidirishmoqda.
Vashingtonning siyosatchilar orasida nufuzli boʻlgan The Hill nashri, AQSH HDF leytenant-kommanderi Brayan Xarringtonning "Amerika va NATO Rossiyaning Qora dengizdagi yetakchiligiga chek qoʻyishi kerak" mavzuli maqolasini chop etdi. Muallif yozishiga koʻra, Qrim va Rossiya HDFda joylashtirilgan "Bastion" va "Kalibr" rusumli raketa majmualari Moskvaga juda keng hududni “yopib” qoʻyishi mumkin. Yaʼni (Anti-Access, Area Denial, A2AD). Ushbu ibora ostida, harbiy toʻqnashuv vaqtida AQSH qoʻshinlari kirgan taqdirda juda katta yoʻqotishga duch kelishi mumkin boʻlgan hudud tushuniladi.
A2AD hududlarni faqat juda koʻp sonli qoʻshin va oʻt ochishda texnologik ustunlik yordamida yengib oʻtish mumkin. Shu maqsadda Xarrington Montre konventsiyasi cheklovlarini aylanib oʻtishni taklif qilmoqda. Unga koʻra, NATOga aʼzo boʻlgan har bir davlat Qora dengizga 2gʻ3ta kema yuborishi kerak. Oʻshanda ular mutlaq yengilmas boʻladi, deb hisoblaydi dengizchi.

Javob chorasi bor

Xalqaro shartnomalarni bunday mensimaslik, albatta payqalmasdan qolmaydi. Rossiya buni hududiy urushga toʻgʻridan-toʻgʻri tayyorgarlik koʻrish deb hisoblaydi. Hududiy urush esa juda tez yadroviy jahon urushiga aylanib ketishi mumkin. Vashington va Bryussel bunday eskalatsiyani amalga oshirishga jurʼat etishi amri mahol. Lekin Rossiyaning Qora dengizdagi chegaralarini paypaslab koʻrishga urinishlr soni tobora oshib bormoqda.
AQSH bu harakatlarda yolgʻiz emas. Oʻquv mashgʻulotlarda qoʻshnilarimiz Gruziya va Ukraina floti ham ishtirok etmoqda. Biz (Rossiya) ham oʻz mashgʻulotlarimizni oʻtkazmoqdamiz – va kelajakda ham oʻtkazishda davom etamiz", — deb izoh berdi AQSH kemalarining tashrifiga mudofaa vaziri Sergey Shoygu.
Darhaqiqat, Gʻarb davlatlarining harbiy-dengiz mashqlariga qarshi Rossiya har safar oʻz mashqlarini oʻtkazadi. Yaqinda "Admiral Essen" fregati Rossiya kemalari joylashgan hududni raketa va havo zarbasidan himoya qilish mashqini bajardi. Harbiy kema barcha oʻquv nishonlarini muvaffaqiyatli kuzatuvga olib zenit qurollardan ularni yoʻq qildi.
Undan tashqari dengizga kemalarga qarshi kurash kuchlari - "Yeysk" va "Kasimov" kichik kemalari chiqishdi. Qora dengizda joylashgan 636.3 "Varshavyanka" loyihasiga mansub oltita dizel-elektrik suv osti kemalarning faoliyati maxfiy, lekin ular bu yerga oʻz qurolini namoyish qilish uchun kelgan barchani tunu-kun kuzatib turganiga shubha yoʻq.
Prezident SSHA Djo Bayden i pervaya ledi Djill Bayden pribыvayut v aeroport Fyumichino dlya uchastiya v sammite G20  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.11.2021
Kolumnistlar
AQSH prezidenti Yevropada: Rossiyani qanday haq toʻlash va pushaymon boʻlishga majburlashadi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala