Behzod Musayev yangi sog‘liqni saqlash vaziri bo‘ldi

Bexzod Musayev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.11.2021
Obuna bo‘lish
U 2020-yil yozida bir muddat sog‘liqni saqlash vaziri vazifasini ham bajarib turgan edi.
TOShKENT, 11 noya – Sputnik. O‘zbekiston prezidentining tegishli farmoni bilan bosh vazir o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Behzod Musayev sog‘liqni saqlash vaziri etib tayinlandi.
Behzod Musayev 1973-yilda tug‘ilgan. 1995-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 2004-yilda esa O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshidagi Oliy biznes maktabini tamomlagan. Iqtisod fanlari nomzodi.
U mehnat faoliyatini 1995-yilda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankida boshlagan. 1998-2002 yillarda Moliya vazirligida ijtimoiy sohani moliyalashtirish bosh boshqarmasi boshlig‘i kabi mas’ul lavozimlarda ishlagan.
Vaksinatsiya preparatom Sputnik V - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.10.2021
Yil oxiriga qadar aholining 80%ini emlashni maqsad qilganmiz - Musayev
2002 yilda Hisob palatasida faoliyat ko‘rsatib, 2006-2010 yillarda Hisob palatasi raisi bo‘lgan.
Musayev 2010-yilda Davlat soliq qo‘mitasidagi faoliyatini boshlagan. 2010-2011 yillarda va 2018-yilning martidan dekabrigacha bo‘lgan muddatda DSQ raisining birinchi o‘rinbosari, 2018-yil dekabridan qo‘mita raisi lavozimlarida ishlagan.
2020 yilning mayida Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan. 2020-yil yozida bir muddat Sog‘liqni saqlash vaziri vazifasini ham bajarib turgan.
Avvalgi sog‘liqni saqlash vaziri Abduhakim Xadjibayev O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasiga o‘tishi kutilmoqda.
Avvalroq Qonunchilik palatasida deputatlar Behzod Musayevni sog‘liqni saqlash vaziri lavozimiga ma’qullashgani xabar qilingan edi.
Yangiliklar lentasi
0