Hodisalar

Fargʻonada ota oʻz qizlariga tegajogʻlik qilgani aytilmoqda

© Sputnik / Tabыldы KadыrbekovNasiliye
Nasiliye - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.11.2021
Oltiariq tumanida yashovchi ayol eri uni va farzandlarini uyidan haydab yuborgani, qizlariga tegajogʻliq qilganini maʼlum qildi.
TOSHKENT, 11 noya – Sputnik. Ijtomoiy tarmoqlarda Fargʻona viloyati Oltiariq tumanida istiqomat qiluvchi ayolning turmush oʻrtogʻi uni va farzandlarini uydan haydab yuborgani, erkak oʻz qizlariga tegajogʻlik qilib kelgani aytilgani xabar tarqaldi. Viloyat IIB bu xabarga munosabat bildirdi.
Maʼlum boʻlishicha, murojaatchi H.YU.ning turmush U.YU. muqaddam MJtKning 52-moddasiga (yengil tan jarohati yetkazish) asosan maʼmuriy javobgarlikka tortilgan.
Shuningdek, voyaga yetmagan oʻz qizini urib, tan jarohati yetkazgani uchun unga nisbatan Jinoyat kodeksining 109-moddasi (qasddan badanga yengil shikast yetkazish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgani va ish Oltiariq tuman sudi tomonidan koʻrib chiqilib, unga nisbatan tegishli jazo tayinlangani maʼlum boʻlgan.
IIV xabarida taʼkidlanishicha, U.YU. oʻz uyida giyohvand vosita yetishtirgani yoki isteʼmol qilgani, oʻz qizlariga nisbatan tegajaklik qilgani yuzasidan murojaat kelib tushmagan.
“Shu sababli xabarda keltirilgan holatlarga huquqiy baho berish maqsadida tergovga qadar tekshiruvlarga kirishildi. Uning yakuniga qadar qonuniy qaror qabul qilinadi", — deyiladi xabarda.
Murojaatda aytilgan IIO xodimlari yuzasidan aytilgan xabarlar boʻyicha viloyat IIB tomonidan xizmati tekshiruvi tayinlangan. Mazkur holat Fargʻona viloyati prokurori va IIB boshligʻi tomonidan alohida nazoratga olingan.
Siluet jenщinы. Illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.10.2021
Jamiyat
Oʻzbekistonda xotin-qizlarni shilqimlardan himoyalashga qaratilgan bot ishga tushdi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala