Iqtisod

Paxta yigʻim-terim xarajatlarini moliyalashtirish tizimi takomillashtiriladi

© SAM PANTHAKY / AFPPogruzka xlopka
Pogruzka xlopka - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.11.2021
2022 yil hosilidan paxta yetishtirishni va yigʻim-terimini moliyalashtirishning yangi tartibi joriy etiladi
TOSHKENT, 11 noya – Sputnik. “Paxta xomashyosini yetishtirish va uning yigʻim-terim xarajatlarini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.
2022 yil hosilidan paxta yetishtirishni va yigʻim-terimini Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasidan moliyalashtirishning quyidagi tartibi joriy etiladi:
paxta yetishtirish va yigʻim-terimni imtiyozli moliyalashtirish klasterlar va Urugʻchilikni rivojlantirish markazidagi elita urugʻchilik xoʻjaliklari orqali amalga oshiriladi;
banklar tomonidan Jamgʻarma resurslaridan quyidagilar uchun imtiyozli kreditlar ajratiladi:
paxta-toʻqimachilik klasterlariga paxta yetishtirish uchun – paxta qiymatining 60 foizigacha miqdorda yillik 10 foiz 24 oyga, 18 oylik imtiyozli davr va 19-oydan boshlab soʻnggi 6 oy davomida teng ulushlarda qaytarish sharti bilan;
elita urugʻchilik xoʻjaliklariga paxta yetishtirish uchun – paxta qiymatining 60 foizigacha yillik 10 foiz stavkada 14 oyga;
paxta-toʻqimachilik klasterlari va elita urugʻchilik xoʻjaliklariga paxta yigʻim-terimini moliyalashtirish uchun – paxta qiymatining 20 foizigacha miqdorda yillik 10 foiz 12 oyga, 3 oylik imtiyozli davr bilan.
Paxta-toʻqimachilik klasterlariga paxta xaridi boʻyicha yakuniy hisob-kitob uchun 12 oygacha milliy valyutadagi kreditlar boʻyicha foiz stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshadigan, lekin 10 foiz punktidan koʻp boʻlmagan qismini qoplash uchun Jamgʻarma hisobidan kompensatsiya toʻlanadi.
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar mineral oʻgʻit, yoqilgʻi-moylash, texnikaga oid masalalar, ularni import qilishni mustaqil hal qiladi, bunga har qanday tarzda aralashish taqiqlanadi.
Sborщitsa xlopka  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.11.2021
Iqtisod
Paxta teruvchilarga har bir kilogramm uchun qoʻshimcha haq toʻlanadi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala