Sirdaryoda terrorchi guruh a’zolari qo‘lga olindi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishRabota vnevedomstvennoy oxrani moskovskoy politsii
Rabota vnevedomstvennoy oxrani moskovskoy politsii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.11.2021
Obuna bo‘lish
Guruh yetakchisi kelgusida Suriyadagi terrorchilarga qo‘shilishni maqsad qilgan. Tintuvda buni tasdiqlovchi dadil aniqlangan.
TOShKENT, 11 noya – Sputnik. Sirdaryo viloyati Xovos tumanida terrorchi guruh a’zolari qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.
9 noyabr kuni DXX Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi va viloyat IIB bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Fuqaro B.T. va uning bir nechta hamfikrlari Internet orqali Suriyadagi terrorchilik tashkilotlari a’zolarining ta’siriga tushib, jihodga chorlovchi materiallarni muntazam ravishda tarqatib kelishgani aniqlangan.
Guruh yetakchisi B.T.ning kelgusida Suriyadagi terrorchilarga qo‘shilishni maqsad qilganligini tasdiqlovchi ma’lumotlar ham olingan.
Naruchniki, illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.11.2021
Tavbasiga tayanmadi: terrorchilarga qo‘shilish uchun qochib ketgan shaxs qo‘shni mamlakatda ushlandi
Qo‘lga olinganlarning yashash manzillarida o‘tkazilgan tintuvda ularning uyali aloqa vositalarida ekstremistik mazmundagi materiallar aniqlangan.
B.T.ga nisbatan JKning tegishli moddalari bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida u hibsga olingan.
Hozirda B.T. va uning sheriklariga nisbatan tergov-surishtiruv tadbirlari davom ettirilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0