Iqtisod

“Zarubejneft” Oʻzbekistonning yirik kompaniyasi ulushini sotib olishi mumkin

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Fotobankka oʻtishDobыcha nefti v Tatarstane
Dobыcha nefti v Tatarstane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.11.2021
OAV Rossiyaning "Zarubejneft" kompaniyasi Jizzakh Petroleum" ulushini sotib olish imkoniyatini koʻrib chiqayotganini xabar qildi.
TOSHKENT, 11 noya – Sputnik. Rossiyaning “Zarubejneft” davlat neftgaz kompaniyasi Oʻzbekistondagi “Jizzakh Petroleum” kompaniyasining ulushini sotib olish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda. Bu haqda “Kommersantʼ” nashri yozmoqda.
Qayd etilishicha, bitim shartlari hozircha kelishilmagan.
"Zarubejneft" kompaniyasi esa bitim yuzasidan izoh bermagan, biroq kelgusida Oʻzbekiston bozoriga chiqish va mintaqada rivojlanishg qiziqish borligini bildirgan.
Kompaniya MDH davlatlari, shu jumladan Qozogʻistonda operatsiyalarini kengaytirish niyatida.
UDP «Shurtanskiy gazo-ximicheskiy kompleks»  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.10.2021
Iqtisod
Oʻzbekiston Ustyurtdagi investitsion loyihada “British Petroleum”dan voz kechdi
“Jizzakh Petroleum” qoʻshma korxonasi 2017 yilning iyun oyida “Oʻzbekneftgaz” va “Gas Project Development Central Asia” ((Gazprom International) tomonidan tashkil etilgan.
2020 yil iyunida Jizzakh Petroleum Fargʻona neftni qayta ishlash zavodini ishonchli boshqaruvga olgan edi.
Kompaniya saytidagi maʼlumotlarga koʻra, uning ulushiga Oʻzbekistonda qazib olinadigan neftning 80 foizi va 105 ta konda aniqlangan neft zaxiralarining taxminan 22 foizi toʻgʻri keladi. 2020 yilda 498,7 ming tonna neft va 497,4 mln kubometr tabiiy gaz qazib olingan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala