Jamiyat

Boʻstonliqda 56 tup koʻp yillik daraxtlar kesib tashlandi: prokuratura jinoyat ishini ochdi

© Sputnik / Konstantin Chalabov / Fotobankka oʻtishTopor i benzopila
Topor i benzopila - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.11.2021
Boʻstonliqda 56 tup koʻp yillik daraxtlar kesib tashlandi.
TOSHKENT, 12 noya — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumani Oqtosh qishlogʻi hududida 53 tup koʻp yillik daraxtlar noqonuniy kesilgani haqida xabar tarqaldi.
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat boʻyicha Boʻstonliq tumani inspektsiyasi xodimlari tomonidan olib borilgan oʻrganish ishlari davomida hududda oʻsish holatida boʻlgan jami 56 tup, shundan, 53 tup shumtol, 2 tup baqaterak, 1 tup qizil doʻlana daraxtlari noqonuniy ravishda kesilganligi aniqlangan.
Vыrubka derevyev v kurortnoy zone Amirsay pod Tashkentom  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.09.2021
Jamiyat
"Amirsoy" yaqinida 700 tup daraxt kesib tashlandi - Rasul Kusherbayev
Toshkent viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmati xabariga koʻra, holat yuzasidan xolis guvohlar ishtirokida belgilangan tartibda dalolatnoma rasmiylashtirilgan. Nomaʼlum shaxclarning gʻayriqonuniy hatti-harakatlari natijasida oʻsimlik dunyosiga 288 mln 792 ming soʻm miqdorda zarar yetkazilgan.
Holat yuzasidan rasmiylashtirilgan hujjatlar qonuniy baho berish uchun prokuratura organlariga taqdim etildi.
Bosh prokuror matbuot xizmati maʼlum qilishicha, Oqtosh qishlogʻi hududida koʻp yillik daraxtlar noqonuniy kesilgani va oʻsimlik dunyosiga 288 mln soʻm zarar yetkazilgani holati yuzasidan Jinoyat kodeksining 198-moddasi (Ekinzorlarni, oʻrmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa oʻsimliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala