Jamiyat

Hududlarda tibbiyot muassasalari zamonaviy uskunalar bilan jihozlanadi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaMedetsinskoye oborudovaniye v innovatsionnoy klinike
Medetsinskoye oborudovaniye v innovatsionnoy klinike - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.11.2021
Hududlarda tibbiyot muassasalari zamonaviy uskunalar bilan jihozlanadi.
TOSHKENT, 12 noya — Sputnik. “Aholiga tibbiy xizmatlar koʻrsatish sifatini yaxshilash va sogʻliqni saqlash sohasida kadrlar salohiyatini yanada oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, davlat tuman (shahar) va viloyat tibbiyot muassasalari uchun Moliya vazirligi talabnomalariga asosan 2021–2022 yillarda 100 mln AQSH dollarigacha ekvivalentdagi milliy valyutada yillik 2 foiz stavkada kredit mablagʻlari ajratiladi. Bunda, ushbu mablagʻlar talabnomalar taqdim etilgan sanadan boshlab 3 yil muddatgacha beriladi.
Bexzod Musayev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.11.2021
Siyosat
Behzod Musayev yangi sogʻliqni saqlash vaziri boʻldi
Shunga koʻra, mablagʻlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining asoslangan talabnomalariga hamda belgilangan stavkaga koʻra qaytarish sharti bilan 3 yildan koʻp boʻlmagan muddatga ularga byudjet ssudasi sifatida ajratiladi.
Har bir hudud va muassasa kesimida tibbiy uskunalarga boʻlgan ehtiyoj aniqlanib, tegishli roʻyxatga asosan tibbiy uskunalar xarid qilinadi.
Detskiy sadik v Priaralye  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.10.2021
Iqtisod
Kelgusi yilda taʼlim va tibbiyot sohalariga qancha mablagʻ ajratilishi maʼlum boʻldi
Tibbiy uskunalarni xarid qilish boʻyicha texnik topshiriqlar va tender hujjatlari “Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUKda kompleks ekspertizadan oʻtkaziladi.
Qarorga koʻra, hokimliklar hududlardagi tibbiyot muassasalari mutaxassislarining yetakchi xorijiy tibbiy muassasalarda malakasini oshirish maqsadida Markazda kompleks ekspertizadan oʻtkazish sharti bilan toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar tuzishi mumkin.
Qaror bilan Davlat tuman (shahar) va viloyat tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va kadrlar salohiyatini oshirish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” tasdiqlandi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala