Infografika

Oʻzbekiston poyabzal eksporti

Oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 2021 yilda oʻzbekistonlik ishlab chiqaruvchilar 14%ga kam oyoq kiyim eksport qilishdi.
Ushbu yilning 9 oyda Oʻzbekiston 14 ta davlatga oyoq kiyim eksport qilgan. Aytish joizki ushbu koʻrsatgichlar oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 3,6 mln. AQSH dollariga kam.
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2021 yilning yanvar-sentyabr oylarida 14 ta xorijiy davlatlarga umumiy qiymati 24,7 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan oyoq kiyimlar eksport qilgan.
Eslatib oʻtamiz, 2019 yilning 30 oktyabrida Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston oyoq-kiyim sanoatining 1,5 milliard dollarlik eksport salohiyati borligini, lekin hozircha poyabzal eksporti 200 mln dollarga yetmayotganini maʼlum qilgan edi. Shuningdek prezident "Oʻzcharmsanoat" oldida yaqin yillar ichida eksport hajmini kamida 2 baravar oshirish vazifasini qoʻygan edi.
Oʻzbekiston poyabzal eksporti haqida batafsil infografikamizda tanishing.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala