Toshkentning 3ta tumanida issiq suv va issiqlik ta’minotida uzilish kuzatilmoqda

© Sputnik / Yevgeniy Odinokov / Mediabankka o‘tishSezonnoe otklyuchenie gorachey vodi
Sezonnoe otklyuchenie gorachey vodi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.11.2021
Obuna bo‘lish
Yunusobod tumanida to‘liq, Olmazor va Shaxontohur tumanlarida esa qisman issiq suv va issiqlik ta’minotida uzilish kuzatilmoqda.
TOShKENT, 12 noya — Sputnik. Toshkentning 3ta tumanida issiq suv va issiqlik ta’minotida uzilish kuzatilmoqda, deb xabar qildi Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati.
Bugun Yunusobod tumanidagi 4-Issiqlik markazining elektr energiyasi ta’minotida nosozlik ro‘y bergani sababli, mazkur qozonxonadan issiq suv va issiqlik uzatish vaqtincha to‘xtatildi.
Lampochka, illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.11.2021
O‘zbekistonda 2022-yilda svet va gaz narxi oshishi kutilmoqda
Buning oqibatida Yunusobod tumanida to‘liq, Olmazor va Shaxontohur tumanlarida esa qisman issiq suv va issiqlik ta’minotida uzilish kuzatilmoqda.
Ayni paytda Issiqlik markazida yuzaga kelgan nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
"Toshissiqquvvati"DUK vakillari soat 17:00 gacha issiq suv va kechki 24:00 ga qadar issiqlik ta’minoti to‘liq tiklanishini ma’lum qildi.
Yangiliklar lentasi
0