Video

Belarus-Polsha chegarasi: migrantlar lagerida ur-yiqit boshlanib ketdi - video

Hodisa paytida bir ayol yaralandi. U xavfsiz masofaga olib ketildi, shundan soʻng shifokorlar unga zarur yordam koʻrsatishdi.
Polsha va Belarus chegarasida joylashgan qochqinlar lagerida ommaviy mojaro roʻy berdi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti xodimlari tomonidan oziq-ovqat tarqatish vaqtida migrantlar oʻrtasida ur-yiqit boshlanib ketdi. Hodisa paytida bir ayol yaralandi. U xavfsiz masofaga olib ketildi, shundan soʻng shifokorlar unga zarur yordam koʻrsatishdi. Kun davomida 18 kishi shifokorlarga murojaat qildi.
Vaziyat sovuq ob-havo sharoiti tufayli murakkablashdi. Kechasi havo harorati minus darajaga tushdi.
Voqea joyidan olingan kadrlarni videomizda tomosha qiling.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala