Rossiya O‘zbekiston 6ta kompaniyasiga pomidor olib kirishga ruxsat berdi

© Sputnik / Kirill Braga / Mediabankka o‘tishSbor urojaya ovoshey v Volgogradskoy oblasti
Sbor urojaya ovoshey v Volgogradskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.11.2021
Obuna bo‘lish
Oltita O‘zbekiston korxonasidan (Toshkent viloyati) Rossiyaga pomidor yetkazib berishga ruxsat berildi.
TOShKENT, 13 noya — Sputnik. Rosselxoznadzor 15-noyabrdan boshlab Toshkent viloyatidagi 6ta korxonasidan pomidor olib kelishga ruxsat berdi, deb xabar qildi idora matbuot xizmati.
“Rosselxoznadzor 2021-yil 15-noyabrdan ... oltita O‘zbekiston korxonasidan (Toshkent viloyati) Rossiyaga pomidor yetkazib berishga ruxsat berdi”, - deyilgan xabarda.
Pomidori - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.06.2021
Rossiya O‘zbekistonning 15ta korxonasiga pomidor va qalampir importiga ruxsat berdi
O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi kafolati asosida Agro Light, Angren agro gold invest, Angren Istiqlol Baraka, Samarali Savdo Niyat, Sevar Shaxnoz Baraka va TNA Agroinvest korxonalaridan yetkazib berishga ruxsat etiladi.
Qayd etilishicha, bunday qaror namunalarni karantin fitosanitariya ekspertizasidan o‘tkazish natijalariga ko‘ra qabul qilingan. Ular qo‘shma videotekshiruvlar davomida tanlab olindi.
Yangiliklar lentasi
0