Siyosat

Oʻzbekiston va Qirgʻiziston Xitoyga temir yoʻl qurilishini tezlashtirmoqchi

Shavkat Mirziyoyev Sadir Japarov bilan uchrashuvda "Xitoy – Qirgʻiziston - Oʻzbekiston” temir yoʻlini qurish loyihasini muhokama qildi.
TOSHKENT, 13 noya — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12 noyabr kuni Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Zdaniye sekretariata Tyurkskogo Soveta v Stambule  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.11.2021
Siyosat
Shavkat Mirziyoyev Turkiy Kengashda nimalarni taklif qildi
Davlat rahbarlarining joriy yil mart oyida Toshkentda oʻtgan uchrashuvi chogʻida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari koʻrib chiqildi.
Savdo-iqtisodiy hamkorlik barqaror surʼat bilan rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Tovar ayirboshlash va yuk tashish hajmlari ortmoqda, aviaqatnovlar koʻpaymoqda. Mashinasozlik, elektrotexnika, energetika, qishloq xoʻjaligi, logistika va boshqa tarmoqlarda, shu jumladan yangidan tashkil etilgan Qoʻshma investitsiya jamgʻarmasi resurslarini jalb qilgan holda istiqbolli kooperatsiya loyihalari ishlab chiqilmoqda.
 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.11.2021
Siyosat
Abdulla Aripov MDH hukumat rahbarlari kengashida qanday takliflarni ilgari surdi
Madaniy almashinuvlar kengaymoqda, muhim gumanitar dasturlar amalga oshirilmoqda.
“Xitoy – Qirgʻiziston - Oʻzbekiston” temir yoʻlini qurish loyihasini jadal ilgari surishga alohida eʼtibor qaratildi.
Shuningdek, mintaqaviy hamkorlik, shu jumladan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi doirasidagi sheriklikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala