Jamiyat

Oʻzbekistonga goʻsht qayerdan keladi? Savolga Bishkekda javob berishdi

© REUTERS / Amir CohenSteyk, napechatannыy na 3D-printere
Steyk, napechatannыy na 3D-printere  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.11.2021
“Qirgʻiziston Respublikasi chorvadorlar ittifoqi” uyushmasi prezidenti Tilek Ashimov Rossiya mollari Oʻzbekistonda sotilishini aytdi.
TOSHKENT, 13 noya — Sputnik. “Qirgʻiziston Respublikasi chorvadorlar ittifoqi” uyushmasi prezidenti Tilek Ashimov aytishicha, Qirgʻiziston orqali “tranzit” orqali olib kelingan Rossiyada yetishtirilgan mollar Oʻzbekistonda sotiladi.
Bu haqda Sputnik Qirgʻizistondan hamkasblarimiz xabar qildi, Bishkekda a Rossiya kompaniyalarining xalqaro koʻp tarmoqli biznes missiyasi oʻtkazilmoqda.
Myaso, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.11.2021
Iqtisod
Oʻzbekiston goʻshtni asosan qaysi davlatdan sotib olmoqda
Unga koʻra, Oʻzbekistonda goʻsht mahsulotlari tanqisligi va buning natijasida uning narxi oʻsishi kuzatilmoqda. Buni uddaburon qirgʻizistonliklar koʻrib, hozir ular Rossiyada qoramollarni faol ravishda sotib olib, qoʻshnilariga sotishmoqda.
“Vaziyatni oʻrganishni boshladim. Albatta, Xitoy bozori biz uchun qiziq, biroq Oʻzbekiston yaqin joyda joylashgan boʻlib, u yerda qishloq xoʻjaligi hayvonlari, asosan, qoramollarga talab bor. Oʻzbekistonliklar bizdan chorva mollarini juda faol xarid qila boshladi. Juda koʻp qoramol Rossiyadan soti olinadi, keyin Qirgʻizistonga olib kelinib, keyinchalik Oʻzbekistonga sotilmoqda”, - dedi Ashimov.
Oʻzbekiston chorvachilikni rivojlantirish orqali goʻsht importiga bogʻliqlikdan chiqishga harakat qilmoqda. Mamlakat parranda va mayda chorvachilikni koʻpaytirishga muvaffaq boʻldi, ammo qoramol bilan bogʻliq vaziyat yomonroq: geografik va tabiiy xususiyatlar tufayli sigirlarni yetishtirishda muammolar bor, shuning uchun ularni chetdan olib kelishga toʻgʻri kelmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala