Hodisalar

Toshkentda 13 yoshli bola Tracker’ni olib qochdi: uning ota-onasi javobgarlikka tortildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovStrana belыx avtomobiley. Belыy tsvet bolshe otrajayet svet i menshe nagrevayetsya
Strana belыx avtomobiley. Belыy tsvet bolshe otrajayet svet i menshe nagrevayetsya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.11.2021
Toshkentda Tracker’ni olib qochgan 13 yoshli bola uni toʻxtatgan YPX xodimlaridan qochib ketdi.
TOSHKENT, 13 noya — Sputnik. Toshkent shahri Chilonzor tumanida 2 noyabr kuni 13 yoshli, 7-sinf oʻquvchisi eshigi ochiq qolgan Tracker avtomobilini olib qochib ketdi.
Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi xabariga koʻra, Chilonzor tumanida 2 noyabr kuni kechgi soat 4-5 atrofida Tracker egasi ishdan qaytgach, mashinasini odatdagi joyida qoldirgan. Ammo avtomobil eshigi ochiq qolgan. Ertalab 07:10 atrofida mashinasi yoʻqligidan xabar topgan ayol militsiyaga xabar bergan. Xodimlar tomonidan tumanning Qatortol koʻchasida xizmat olib borilayotganda 09:30 larda Tracker avtoulovi toʻxtatilgan. U toʻxtamasdan, qarama-qarshi yoʻlga chiqib harakatlangan. Mashina quvilib, siquv yoʻli bilan toʻxtatilgan.
Oʻrganishlar natijasida mashinani 13 yoshli, 7-sinf oʻquvchisi boshqargani aniqlangan. U kechasi 01:30 larda oʻrtogʻining uyiga ketayotganda eshigi qulflanmagan mashinani koʻrganini, oʻt oldirish tugmasi yordamida uni minib ketganini aytgan.
Qayd etilishicha, mashina egasiga qaytarilgan. Holat yuzasidan bola oʻqiydigan maktabda jamoatchilik muhokamasi oʻtkazilgan.
Bola voyaga yetmagani uchun uning ota-onasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 47-moddasiga (bolalarni tarbiyalash va ularga taʼlim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) asosan javobgarlikka tortilgan. Bu kabi harakatlarni amalga oshirgan shaxs bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarimaga tortiladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala