Jamiyat

Chang boʻroni, -15 daraja sovuq: Oʻzgidromet ogohlantirish bilan chiqdi

 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.11.2021
17-18 noyabr kunlari Oʻzbekistonning barcha hududiga nam va sovuq havo massasi kirib keladi.
TOSHKENT, 14 noya — Sputnik. 16 noyabr kuni Oʻzbekistonning shimoliy hududlariga, 17-18 noyabr kunlari respublikaning barcha hududiga Volga boʻyi orqali Rossiyaning Yevropa hududi (Moskva viloyati) ustida shakllangan nam va sovuq havo massasi kirib keladi, deb xabar qilmoqda Oʻzgidromet.
16-17 noyabrda respublika boʻyicha shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, baʼzida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin, baʼzi joylarda changli boʻron boʻladi.
16 noyabrda Qoraqalpogʻistonda, Xorazm viloyatida, 17 noyabrda Oʻzbekistonning qolgan hududlarida yogʻingarchilik (yomgʻir, qorga aylanadi) boʻladi, 17-18 noyabrda togʻoldi va togʻli hududlarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) baʼzi joylarda kuchli boʻladi.
Respublika boʻyicha harorat keskin pasayishi kutilmoqda.
16-17 noyabrda shimolda, 17-18 noyabrda Oʻzbekistonning qolgan hududlarida harorat kechalari -5...-8 daraja sovuqgacha, kunduz kunlari +0..+3 daraja iliqgacha, shimolda kechalari -12...-15 daraja sovuqgacha, kunduz kunlari 0...-3 daraja sovuqgacha pasayadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala