Madaniyat

“Men qoʻshiq kuylashdan tortinardim”: toshkentlik “Golos” shousi ishtirokchisi bilan intervyu

© Rossiyskiy muzыkalnыy proyekt "Golos"Tashkentskiy muzыkant Aleksandr Li proshel v rossiyskoye shou "Golos"
Tashkentskiy muzыkant Aleksandr Li proshel v rossiyskoye shou Golos - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.11.2021
Eksklyuziv
Oʻzbekistonlik qoʻshiqchi Rossiyaning “Golos” loyihasi ishtirokchisiga aylandi. Sputnik undan intervyu oldi va nega 18 yoshgacha qoʻshiq kuylashdan tortinganini soʻrab bildi.
TOSHKENT, 14 noya — Sputnik. Toshkentlik qoʻshiqchi Aleksandr Li Rossiyaning “Golos” musiqiy loyihasi ishtirokchisiga aylandi. Birinchi bosqich yakunlariga koʻra u ijro etgan qoʻshiq hakamlar Pelageya i Leonid Agutinga maʼqul keldi. Qoʻshiqchi shouni Leonid Agutin bilan davom ettirishini maʼlum qildi.
Sputnik Aleksandr Li bilan bogʻlanib, undan intervyu oldi.
Men hamisha tortinchoq boʻlganman, oʻzimni tanigandan buyon musiqachi kasbi haqida oʻylardim, lekin buni jiddiy qabul qilmasdim, oʻylardimki, bu orzu. Garchi otam musiqachi boʻlsada. Avvaliga musiqa asboblari klavishlaridan boshlaganman, keyin xonanda boʻldim.
Aleksandr Li
Toshkentlik "Golos" ishtirokchisi
Aleksandr Li qoʻshiqchilik darslariga 18 yoshga toʻlgandagina qatnashgan. “Jiddiy kabsni tanlashga qaror qildim, mehmonxona ishi, biroq kollejni bitirayotib, bu mutaxassislik boʻyicha ishlashni xohlamasligimni tushundim, - deydi u. – Qoʻshiqchilikka tasodifan tushib qoldim. Toshkentlik pedagog Valeriy Borisov mening oʻqituvchim boʻlgan, afsuski, u hozir hayot emas”.
Hozir Aleksandr Li oʻzining guruhi bilan Moskvadagi koʻngilochar muassasalar chiqish qiladi. U Rossiya poytaxtiga bir necha yil avval koʻchib kelgan.
Toshkentlik 29 yoshli Aleksandr Li “Golos” shousida qoʻshiqchi Slava Marlow’ning “Tы gorish kak ogon” (“Olov singari yonasan”) qoʻshigʻini ijro etdi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala