Siyosat

Oʻzbekiston Mozori Sharifdagi xalqaro aeroportni tiklashga kirishdi

CC BY-SA 3.0 / Kayhan ERTUGRUL / MAZAR-E SHARIF INT. AIRPORTMejdunarodnыy aeroport Mazari-Sharif
Mejdunarodnыy aeroport Mazari-Sharif - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.11.2021
Mazori Sharif xalqaro aeroportining 83 nafar xodimi oʻqish uchun Oʻzbekistonga yuboriladi.
TOSHKENT, 14 noya — Sputnik. Oʻzbekiston Afgʻonistondagi Mazori Sharif xalqaro aeroportini rekonstruktsiya qiladi. Bu haqda Oʻzbekiston prezidentining Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili Ismatilla Ergashev Balxda “Tolibon”* harakati bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda maʼlum qildi.
“TOLOnews” xabariga koʻra, Ergashev afgʻonlar infratuzilma masalasida Oʻzbekistonga tayanishi mumkinligini bildirgan.
“Bizdan aeroport faoliyatini tiklash va uskunalarni taʼmirlash uchun yordam berish soʻraldi. Shu bois Oʻzbekistondan 30 nafar texnik xodim olib keldik, ular uskunalarni taʼmirlamoqda, aeroportni rekonstruktsiya qilmoqda va tez orada aeroport ishga tushadi”, - degan Oʻzbekiston prezidentining Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili.
Aeroportning 83 nafar xodimi oʻqish uchun Oʻzbekistonga yuboriladi.
Taʼkidlanishicha, Oʻzbekiston Afgʻonistonga turli sohalarda, xususan, infratuzilma sohasida yordam berishga harakat qiladi. Oʻz navbatida, Balx mahalliy rasmiylari Oʻzbekistonni Afgʻoniston bilan iqtisodiy va ikki davlat oʻrtasidagi savdo aloqalarini kengaytirishda hamkorlik qilishga chaqirgan.
Tomonlar, shuningdek, transafgʻon temir yoʻl loyihasi, elektr energiya yetkazib berishni kreditlashni muhokama qilishgan.
Avvalroq Oʻzbekistonning Kobuldagi elchisi Yodgorxoʻja Shodmonov Afgʻoniston muvaqqat hukumati tashqi ishlar vaziri Amirxon Muttaqiy bilan uchrashib, Mozori Sharifdagi aeroportni rekonstruktsiya qilishni muhokama qilgan edi.
* Tashkilot terrorchilik faoliyati uchun BMT sanktsiyalari ostida.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala