O‘zbekistonda elektromobillar uchun alohida davlat raqami berish boshlandi

© Pixabay / markus roider Zaradka elektromobilya
Zaradka elektromobilya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.11.2021
Obuna bo‘lish
Maxsus turdagi raqam 1-noyabrgacha davlat ro‘yxatidan o‘tgan elektromobillar uchun bepul almashtirilib beriladi.
TOShKENT, 14 noya — Sputnik. O‘zbekistonda elektromobillar uchun alohida davlat belgili raqam berish yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi (YHXBB) matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, maxsus turdagi raqam 1-noyabrgacha davlat ro‘yxatidan o‘tgan elektromobillar uchun bepul almashtirilib beriladi.
Bundan tashqari, onlayn auksion savdo platformasida yutib olingan avtoraqamlar ham elektromobillar uchun alohida qaytadan ishlab chiqariladi.
Avtomobili Tesla - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.09.2021
“Ulov degani quvvatli bo‘lsa-da”: O‘zbekistonda elektromobillar qanchalik xaridorgir?
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda elektromobillar uchun alohida davlat raqami belgilarini joriy etish taklif qilinayotgani xabar qilingan edi.
Davstatqo‘m ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2021- yilning yanvar-sentabr oylarida elektromobillar importi qariyb 7 baravarga oshgan. To‘qqizta xorijiy davlatdan qiymati 10,5 mln dollariga teng bo‘lgan 558 ta elektromobil import qilingan.
Yangiliklar lentasi
0