Iqtisod

Qashqadaryoda chigirtkadan un ishlab chiqariladi

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Fotobankka oʻtishSarancha
Sarancha - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.11.2021
Chigirtkalarni dalalardan yigʻib olishga aholi vakillari jalb qilinadi. Ularga qancha hasharotlarni yigʻib topshirgani qarab haq toʻlanadi.
TOSHKENT, 14 noya — Sputnik. Qashqadaryoda tadbirkor va viloyat innovatsion rivojlanish boshqarmasi mutaxassislari hamkorligida Nishon tumanida chigirtkadan parhezbop un tayyorlash loyihasi ishlab chiqildi.
Maʼlum qilinishicha, loyiha qiymati 4,1 milliard soʻm boʻlib, yillik quvvati 80 tonna chigirtka uni ishlab chiqarishga moʻljallangan va har kilosi 3,7 dollardan sotiladi.
Shuningdek, 10 ta yangi ish oʻrni yaratish imkoniyati paydo boʻladi. Ayni paytda chigirtka unini eksportga chiqarish uchun tadbirkor Muzaffar Hamzayevning “Merry-Cricke” masʼuliyati cheklangan jamiyati va Saudiya Arabistonidagi hamkorlar oʻrtasida shartnoma imzolangan.
Qashqadaryo viloyati innovatsion rivojlanish hududiy boshqarmasi boshligʻi Olimjon Mavlonovning soʻzlariga koʻra, chigirtkani dalalardan yigʻib olish uchun aholi vakillari jalb qilinadi. Maxsus toʻr qoplarda hasharotlarni yigʻib topshirgani uchun ularga tegishli miqdorda haq toʻlanadi.
Bundan tashqari, chigirtka uni ishlab chiqarish hajmini koʻpaytirish maqsadida chigirtkalar chatishtiriladi va qayta ishlash uchun maxsus yetishtiriladi.
Nashestviye saranchi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 29.07.2020
Iqtisod
Chigirtka chegara bilmaydi - BMT va Yaponiya Markaziy Osiyoga yordam berishga qaror qildi
Bu loyihani muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan 1,5 milliard soʻm mablagʻ yoʻnaltirilmoqda.
Maʼlumot uchun, Qashqadaryo viloyatida chigirtkani bartaraf etish yoʻlida har yili 130 ming gektar maydonga kimyoviy ishlov beriladi va sarf-xarajatlar uchun 10 milliard soʻmdan ziyod mablagʻ sarflanadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala