Dunyoda

Qirgʻiz-oʻzbek chegarasida oʻq ovozi: nima roʻy berdi

© Sputnik / Grigoriy SыsoyevPogranichnik. Arxivnoye foto
Pogranichnik. Arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.11.2021
Qirgʻizistonlik harbiylar quroldan foydalanishga majbur boʻlib, havoga uch marta oʻq uzishgan.
TOSHKENT, 14 noya — Sputnik. Qirgʻistonlik chegarachilar Oʻzbekiston bilan chegaradagi kontrabandachilarni toʻxtatish uchun qurol ishtatishga majbur boʻlishdi. Bu haqda Sputnik Qirgʻiziston mamlakat milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi chegara xizmatiga tayangan holda xabar bermoqda.
Maʼlum qilinishicha, Aksi tumanining Taza-Suu hududida chegarachilar Ak-Dobo qishlogʻining 50 nafarga yaqin aholisini aniqlashgan.
“Ular mayda shoxli qoramollarni Oʻzbekiston hududiga noqonuniy olib oʻtishga urinishgan. Bu payt chegaradosh tomonda kontrabandachilarning sheriklari podani kutib turishgan”, - deyilgan xabarda.
Kontrabandachilar chegarachilarning qoramol oʻtkazishni toʻxtatish toʻgʻrisidagi talablarini eʼtiborsiz qoldirishgan. Shuning uchun harbiylar quroldan foydalanishga majbur boʻlib, havoga uch marta oʻq uzishgan.
Voqea joyiga Ala-Buka chegara otryadi komandiri va Aksi tumani IIB xodimlari yetib kelishgan. Ular qonunbuzarlar bilan suhbat oʻtkazishgan, shundan soʻng aholi tarqalgan.
Keyinroq xuddi shu yerda chegarachilar Oʻzbekiston hududiga oʻtkazish uchun oʻz mashinasiga 16 bosh mayda shoxli qoramolni yuklagan 27 yoshli qirgʻizistonlikni qoʻlga olishgan. Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, qoramol narxi 190 ming qirgʻiz somini (24 mln soʻm) tashkil etadi.
Oʻzbekiston va Qirgʻiziston chegara xizmati vakillari kontrabandaga qarshi kurashishga oid tadbir oʻtkazishgan. Hozir chegaradagi vaziyat barqaror.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala